Umida Shuhrat qizi Omonova (2006-yil 25-aprel; Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) — taniqli oʻzbek shaxmatchisi. Surxondaryo shaxmat maktabi vakilasi. Bolalar va oʻsmirlar, maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻz yosh toifasida 10 karra Oʻzbekiston chempioni. 2016-yildan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi. Osiyo miqyosidagi qator shaxmat chempionatlari va butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibasi. FIDE sport ustasi unvoni sohibasi (2019). Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni qoʻlga kiritgan eng yosh ayol master. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2021). Rapid va blits yoʻnalishlarida oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2022). Hozir Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-oʻquvchisi.
Respublika gender komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva yosh shaxmatchilarni medallar bilan tabriklab, Umida Omonova haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
Mukofotlari Sogʻlom turmush medali (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sogʻlom turmush medali sohiblari