Li Ji Eun ( ; ;1993-yil 16-may tugʻilgan), IU taxallusi bilan yaxshi tanilgan (IU) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, model va aktrisa. 2007-yilda LOEN Entertainment bilan shartnoma tuzgan va musiqiy karyerasini 15 yoshida „Lost and Found“ debyut albomi bilan boshlagan. IUning keyin chop etilgan „Growing Up“ va „IU…IM“ albomlari juda katta muvaffaqiyat qozondi. „Real“ albomining asosiy singli boʻlmish „Good Day“ („Yaxshi kun“) ashulasi unga yanada koʻproq shon-shuhrat keltirdi.

2011-yilgi „Real“ va „Last Fantasy“ albomlarining muvaffaqiyati bilan IU oʻz vatanidagi musiqiy xit-paradlarda yuqori pogʻonalarni egalladi. Xonanda Koreyaning „kichik singlisi“ sifatida tanildi. IUning uchinchi toʻliq metrajli „Modern Times“ albomi (2013) uslubi yanada yetuklashganini, xonanda oʻrnashib qolgan yosh qizaloq imidjidan uzoqlashganini koʻrsatdi. Bir nechta treklari Gaon Digital Chart xit-paradining eng yuqori 10 pogʻonasini egalladi. Uning keyingi asarlari, jumladan, „A Flower Bookmark“, „Chat-Shire“ va „Palitra“ albomlari K-popning asosiy uslubidan chetlanishda davom etgan boʻlsa-da, IU musiqa chartlaridagi ustunligini saqlab qoldi. U ilk bora oʻzining „Chat-Shire“ albomi uchun soʻz muallifi va prodyuser sifatida mahoratlarini namoyish etdi.

IU toʻrtta studiyaviy albom va toʻqqizta mini albomlarini chiqardi, Gaon musiqiy chartlarida uchta albom va yigirmata singli bilan birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. Oʻgʻil bolalar guruhlari va qizlar guruhlarida hukmronlik qiluvchi K-pop yunalishida eng koʻp sotilgan yakkaxon ijrochilardan biri sifatida u 2012-yilda „Forbes“ jurnalining yillik mashhurlar roʻyxatiga kiritilgan. Billboard IUni Koreya K-Pop Hot 100 chartining eng mashhur qoʻshiqlari va koʻp haftalar davomida birinchi oʻrinni egallagan sanʼatkori sifatida tan oldi. „Gallup Korea“ tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, u 2017-yilda mamlakatdagi eng mashhur, eng koʻp eshitiladigan sanʼatkor boʻlgan .

IU musiqiy karyerasidan tashqari, radio va telekoʻrsatuvlarga boshlovchilik qilgan, shuningdek, doramalarda rol oʻynagan. „Dream High“ o‘smirlar doramasidagi ikkinchi darajali roli va bir nechta teleseriallardagi kichik rollardan so‘ng, IU „You’re the best Li Sun Si“ filmida, bundan tashqari, „Krasavchik“, „Prodyuser“, „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo“, „May Ajussi“, „Persona“ va „Otel del Luna“ doramalarida bosh rollarnii o‘ynadi. „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo]]“ doramasi unga aktyorlik sohasida katta muvaffaqiyat keltirdi. IU hozir eng mashhur koreys aktrisalaridan biri boʻlib „Xallyu maʼbuda“ taxallusiga ega.

Biografiyasi

Yoshlik Li Ji Yun 1993-yil 16-mayda Koreya Respublikasining Kyonnggido shahrida tug‘ilgan . U yoshligidanoq koʻngilochar sanat sohalarida ijod qilishni orzu qilgan.Hatto aktyorlik darslariga qatnasha boshlagan. Ammo boshlangʻich maktabni tugatgandan soʻng koʻp oʻtmay, qizning oilasida moliyaviy ahvoli keskin yomonlashdi va u Kyongi provintsiyasining Uyjeongbu shahriga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. Bir yil davomida Ji Eun va uning ukasi ota-onasidan alohida kichik xonada buvisi va amakivachchalari bilan yashashdi.

Ji Eun oʻrta maktabda oʻqib yurganida qoʻshiq aytish qobiliyati borligini sezadi. Maktab qoʻshiq tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etganidan soʻng, qiz professional faoliyatini boshlashni xohladi. Uziga moz musiqa yunalaishiini izlash jarayonida u yigirmadan ortiq tinglovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi hamda isteʼdodlar soxta agentligiga duch keldi. 2007-yilda LOEN Entertainmentga qoʻshilishdan oldin Ji Eun boshqa boʻlajak ayol qoʻshiqchilar Yui, Yubin, Xo Ga Yon va Jung Xye Sung bilan birga Good Entertainmentda mashgʻulotlarda qatnashgan. LOEN bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u koʻp yillik mashgʻulotlarga va qizlar guruhining aʼzosi sifatida debyut qilishga ruhan tayyorlanadi, ammo oʻn oydan soʻng isteʼdodli qiz oʻzining yakkaxon debyutini amalga oshirishga muvaffaq boʻldi. Li Ji Eunga " Men va Sen " (Men va Sen) iborasidan kelib chiqqan " IU " sahna nomi berildi, bu " musiqa orqali odamlarni birlashtiruvchi kuch " ramzidir.

Musiqiy karyeraning boshlanishi qizning maktabga borishiga va baholariga taʼsir qildi. 2011-yilda Dongduk Qizlar oʻrta maktabini tamomlagandan soʻng, IU oʻqishni davom ettirmaslikka, aksincha, qoʻshiqchilik faoliyatiga koʻproq eʼtibor qaratishga qaror qildi .

2008-2009: Karyera boshlanishi left|thumb|280x280px| IU 2009-yil 29 oktyabrda „Boo“ qoʻshigʻini ijro etadi. 2008-yil 18-sentyabrda IU M!Countdown musiqiy shousida „Lost Child“ (uzb."Yoʻqolgan bola") singli bilan sahnada debyut qildi. Keyinchalik ushbu"Lost Child" qoʻshigi Lost and Found mini albomiga kiritilgan. Mini-albom 24-sentyabrda chiqdi va 2008-yil noyabr oyida Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan „Oyning eng yaxshi yangiligi“ mukofotiga sazovor bo‘ldi. Biroq, reliz tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmadi. Keyinchalik IU intervyuda tan olganidek, " Birinchi albomim muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin men buning uchun minnatdorman. Agar debyutimdan soʻng darhol muvaffaqiyatga erishganimda, hozir atrofimda shunday ajoyib insonlarni uchratmagan. bugungi mashhurlikning taʼmini sezmagan boʻlardim.

2009-yil 23-aprelda qoʻshiqchi „Boo“ nomli birinchi toʻliq metrajli " Growing Up „ albomini taqdim etdi. Taqdimot ertasi kuni KBS2 Music Bank musiqa shousida aynan shu qusiqni ijro etish bilan boshlandi. “Boo" qoʻshigʻi „kuchli“ va „qorongʻu“ "Lost Child" ballada kompozitsiyasining mutlaqo teskari tomonini aks etdi . Raqs xoreografiyasidan tortib, sahna liboslari va soch turmagigacha-hamma narsa xonandaning „strategik“ oʻzgarishlarni boshdan kechirgani, yoshligi va goʻzalligini koʻrsatdi. Tomoshabinlarning ijobiy javobiga qaramay, oʻn besh yoshli qiz keyinchalik yangi obrazda oʻzini juda noqulay his qilganini aytdi.

2009-yil oxirida IU oʻzining ikkinchi mini albomi IU…IMni chiqardi. Xonanda 13-noyabr kuni konstertini „Marshmallow“asosiy treki bilan boshladi. „Marshmallow“ 1960-yillarning rok-n-rolli va French Pop aralashmasi boʻlgan „shakar“ qoʻshigʻi deb ataladi. 2013-yilda qiz „Birgalikda bahtly / Happy Together“ koʻngilochar dasturining epizodlaridan birida paydo boʻldi, u yerda oʻtgan yillardagi chiqishlarini tasvirlab, qizlarning sahna kiyimlari va zamonaviy soch turmagidan nafratlanishini tan oldi.

2009-yilda chiqarilgan albomlarga IU qoʻshimcha ravishda MBC kanali teleseriallari „Love Strike“ va „Queen Seondeok“ uchun ikkita saundtrek yozdi. Bundan tashqari, u Mighty Mouth va Three Views kabi xonandalarning albomlarini yozishda ishtirok etdi. Uning mashhurligi oshgani sayin, xonanda koʻproq estrada shoulariga taklif qilina boshladi, ular orasida „Oltin qoʻngʻiroq yulduzi“, „Kim Chen Inning shokoladi“ va „Yo Xi Yeolning eskizlari“ bor edi. Mashhur Girls' Generation — „Gee“, Super Junior — „Sorry, Sorry“ va Big Bang — „Lies“ qoʻshiqlarining akustik coverlarini ijro etgani muxlislar sonining yanada oʻsishiga yordam berdi. 2009-yil oxirida IU Gom TV-da haftalik musiqiy shousida oʻzini birinchi televizion boshqaruvchi sifatida namoyon qildi.

2010-2011: Mashhurlikning ortishi va aktyorlik debyuti 2010-yil 3-iyunda IU Im Seulong bilan birgalikda ijro etgan „Nagging“ kompozitsiyani muxlislari eʼtiboriga taqdim etdi. Gaon Digital Chart-da oʻn ikkinchi oʻrinda debyut qilgan qoshiq bir hafta oʻtib chartda birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. „Naggin“ pop balladasi qoʻshiq muallifi Kim Eana va bastakor Li Min Seo tomonidan yaratilgan boʻlib keyinchalik We Got Married realiti-shousining ikkinchi mavsumi uchun saundtrek sifatida taqdim etilgan. Ushbu kompozitsiya Inkigayo va Music Bank musiqiy shoularida gʻolib boʻlib, katta shuhrat qozondi.

Muvaffaqiyatli duetdan koʻp oʻtmay, IU „Trassa № 1“ tarixiy dramasi uchun „Because I’m a Woman“(„Chunki men ayolman“) saundtrekini chiqardi.Keyinchalik Song Si Kyungning-"The First" albomiga kiritilgan „Itʼs You“ qoʻshigʻini yozishda ishtirok etdi.

Uchinchi " Real " mini-albomi muxlislar eʼtiboriga 2010-yil 9-dekabrda havola qilindi. Jo Yeong Cheol va Choi Gap tomonidan ishlab chiqarilgan Von Real Gaon chartida toʻrtinchi oʻrindan debyut qildi. „Good Day“ nomli trek ham Kim Eana va Li Min Su tomonidan yozilgan boʻlib, ular keyinchalik IU albomlarini ishlab chiqarishda bir necha marta mualliflik qilishgan.

Uz muxlislariga yanada yaqinroq boʻlish uchun qoʻshiqchi "Heroes" (Ingl."Qahramonlar") estrada shousining doimiy ishtirokchilaridan biriga aylandi .Bu shou 2010-yil 18-iyulidan 2011-yil 1-maygacha efirga uzatilgan. Shu bilan birga, IU "Dream High" dramasida rol oʻynash uchun sinovdan ham oʻtgan. Bu serial 2010-yil dekabridan 2011-yil fevral oyigacha suratga olingan. Xonanda shuningdek, serialning saundtrekiga aylangan „Someday“ singlini ham yaratdi.

2011-yil 16-fevralda qiz Real-Real+ albomiga qoʻshimcha qilib uchta yangi qoʻshiqni oʻz ichiga olgan albom taqdim etdi.Undagi „Only I Didnʼt Know“ asosiy trek boʻlib Yoon Sang va Kim Eana tomonidan yozilgan. IUning oʻzi " qorongʻi ", " qaygʻuli " va " nostalgik „ deb taʼriflagan ballada xonandaning oldingi ishlariiga oʻxshab uning shaxsiy musiqiy didiga juda mos edi.“Only I Didnʼt Know" („ Faqat men bilmasdim“) qoʻshigʻi tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va chop etilgan kunidanoq Gaon Chartda birinchi oʻrinni egalladi. right|thumb|280x280px| Disney Channeldagi IU va Disney Junior Janubiy Koreyada 2011-yil 29 iyunda ishga tushirildi . 2011-yil 10-martda qiz britaniyalik qoʻshiqchi Korin Beyli Reyning Seuldadi birinchi yakkaxon kontsertining ochilish marosimida ishtirok etdi. IU uchun oʻrnak boʻlgan Beyli :" Bunchalik yosh boʻlishiga qaramay, IUning ovozi juda joʻshqin eshitilishiga aql bovar qilmaydi " dedi. 2011-yil martidan 2013-yil iyuligacha xonanda " Inkigayo " musiqiy dasturining boshlovchisi boʻlgan. Li Jun va No Min Vu bilan birga xonanda K.Willning My Heart Beating mini albomi uchun ikkita klipida suratga tushgan. 2011-yil may oyida IU oʻzining birinchi mualliflik „Hold My Hand“ qoʻshigʻini yozdi, bu keyinchalik „Eng buyuk sevgi“ doramasi uchun saundtrekka aylandi. Bu kompozitsiya nafaqat oʻzi uchun, balki drama prodyuserlarining iltimosiga binoan yaratilgan birinchi urinishi boʻlgani sababli, IUdan qoʻshiqni serial uslubiga moslashtirish uchun ancha harakat talab qildi.

2011-yilning may-iyul oylari orasida u Kiss and Cry shousida konkida uchadigan yulduzli ishtirokchisi sifatida namoyon boʻldi. Bunga parallel ravishda, IU „ Oʻlmas qoʻshiqlar: Afsonani kuylash“ koʻrsatuvida paydo boʻldi, lekin uning bandligi tufayli u bir epizodni yozib olgandan keyin shouni tark etdi. Intervyulardan birida qiz qoʻshiq aytish, aktyorlik qilish va koʻngilochar mashgʻulotlar bir xil darajada qiyin ekanligini, ammo shoularda qatnashish uni eng koʻp charchatishini tan oldi.

Ikkinchi toʻliq metrajli "Last Fantasy " albomi 2011-yil 29-noyabrda ikkita versiyada — muntazam va maxsus hikoyalar kitobi shaklida chiqarilgan. Korea JoongAng Daily Last Fantasy albomini har qanday musiqiy diddagi tinglovchilar uchun mos albom deb taʼrifladi. Billboard albomning ohangi ningb irinchi „Secret“ trekidayoq „ kino hissiyotlarini“ uygotisini taʼkidladi, Chop etish prodyuseri Jo Yeong Cheol boʻlib, u bilan IU avvalroq chiqarilgan Real albomida ham birga ishlagan. Last Fantasyga Yoon Sang, Li Juk va Ra.D bilan yozilgan treklar kiritilgan. „You and I“ („Sen va men“) boshlangʻich treki 2012-yilning eng koʻp sotilgan singli boʻldi. Last Fantasy chiqishidan avvalroq , IU o‘z ijodkorligini Yaponiyada targ‘ib qilish uchun EMI Music Japan (hozir Universal Music Japan tarkibiga kiruvchi) bilan shartnoma imzoladi. 2011-yil 14-dekabrda xonanda oʻzining birinchi yaponcha mini-albomi I□Uni chiqardi.

2012: Yaponiya debyuti va birinchi yakkaxon konsert gastroli left|thumb|280x280px| IU 2012-yil 3-iyul kuni Expo Pop festivalida chiqish qiladi.