Kylie McCarthy (1987-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz asli Uelslik xalqaro professional ayol futbolchi. U 2017-yil sentyabr oyida shartnoma imzolagan FA Ayollar chempionati klubi Lyues LFCda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydiWatford Ladies Sign Welsh International Defender — She Kicks Womenʼs Football Magazine Retrieved 2017-10-27. va Uels ayollar milliy futbol terma jamoasida ham toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati

Devis olti yoshida futbol oʻynay boshlagan va 1998-yilda 10 yoshida „Wimbeldon“ futbol klubining ayollar jamoasiga qoʻshilgan. 2004-yilning yozida Fulxem jamoasi Devisga shartnoma taklif qilgan. U „Wimbeldon“ OFK jamoasida qolishga qaror qilgan, lekin 2004-yil sentyabr oyida yana Fulxem jamoasi murojaat qilganida fikrini oʻzgartirgan va Fulxem bilan shartoma imzolagan. „Fulxem“da ikki yil oʻtgach, Devis 2006-yilda „Chelsi“ga oʻtgan.

2007 va 2008-yillar oraligʻida Devis Richmond Kickers Destiny jamoasi uchun Amerika W-ligasida oʻynagan. 2011-yilgi FA WSL mavsumi oldidan „Chelsi“ hali oʻziga kelmagan vaqtda, Devis „ Kolchester United Ladies“ jamoasi uchun maydonga tushgan.

Cesey Stoney „Chelsi“ni „Lincoln Ladies“ga almashtirganida, Devis „Chelsi“ jamoasining sardorligini oʻz zimmasiga olgan. U 2014-yilning yanvarida qisqa muddatli ijaradan soʻng „Chelsi“dan "Milluoll Lionesses " jamosiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati

Devis Angliyani 15, 17, 19, 21 va 23 yoshgacha boʻlgan toifada himoya qilgan. Biroq, u 2010-yil mart oyida bobosi Pontardaveda tugʻilgani uchun Uels terma jamoasiga chaqirilgan. Devis Uels terma jamoasidagi debyutini 90-daqiqada Belgiyaga qarshi oʻyinfs zahiradan maydonga tushib boshlagan.

Devis, shuningdek, 2007-yilda Bangkokda boʻlib oʻtgan yozgi Universiadada Buyuk Britaniya vakili boʻlgan, Loughboro universiteti talabasi sifatida.

Yutuqlari

Shaxsiy yutuqlari

Uelsda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2015

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Uelslik ayol futbolchilar Turkum:Angliyalik ayol futbolchilar