Artem (yoki Artyom) Sergeyevich Dzyuba (), 1988-yil 22-avgustda tugʻilgan) – Rossiyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynaydi.

U oʻz faoliyatini Moskvaning „Spartak“ jamoasida boshlagan, 2006-yilda debyut qilgan va 166 oʻyinda maydonga tushib, 38 gol urgan. Shuningdek, uTomsk va Rostovda ikki marotabadan ijarada oʻynagan va ular bilan 2013/14-yilgi mavsumda Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda u „Zenit“ futbolchisiga aylangan. U 148 gol bilan Rossiya Premer-ligasida gol urish boʻyicha rekordchi hisolanadi.

Dzyuba 2011-yilda Rossiya terma jamoasi safida debyut qilgan. U UEFA Yevro 2016, 2018 FIFA Jahon Kubogi va UEFA Yevro 2020 bahslarida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati Dzyuba 1988-yil 22-avgustda Sovet Ittifoqi, Rossiya SFSR, Moskva shahrida tugʻilgan. Uning otasi Sergey Ukrainaning Poltava viloyatidan boʻlib, politsiyachi sifatida ishlagan, onasi Svetlana Chuvashistonning Tsivilsk shahridan boʻlib, Moskvadagi oziq-ovqat doʻkonida ishlagan va u yerda Sergey bilan uchrashgan.

U Moskvaning " Spartak " futbol maktabida tahsil olgan va 2005-yilda jamoaning oʻrinbosarlari safida oʻynay boshlagan. 2006-yilda u birinchi marta Rossiya kubogi „Ural“ ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, 85-daqiqada Roman Pavlyuchenkoni almashtirdi. U Rossiya Premer-ligasining 12-turida Moskvaning „Saturn“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi zaxira oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha mavsumda u 7 ta zaxira oʻyinida maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.

2009-yilning 7-avgustida Tomsk hujumchini 2009-yilning dekabrigacha ijaraga oldi. 2013/14-yilgi Rossiya Premer-ligasida Dzyuba " Rostov "ga ijaraga berilgan vaqtida 17 ta gol urgan.

2015-yilda Andre Villash-Boash tomonidan Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan shartnoma imzolandi. 2015-16-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida Dzyuba ketma-ket beshta oʻyinda jami oltita gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2018-yilning 31-yanvarida u 2017-18-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Tulaning „Arsenal“ klubiga oʻtgan. U jamoadoshi Sardor Azmun bilan tenglashib olib 17 ta gol bilan Rossiya Premer-ligasining 2019/20-yilgi mavsumida eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Oʻsha mavsumda u ketma-ket ikkinchi mavsumda ham eng koʻp golli uzatmani amalga oshirdi. 2020-yilning 25-iyulida u penaltini aniq amalga oshirib, „Zenit“ga 2019/20-yilgi Rossiya kubogini olib kelgan. 2020-yilning 7-avgustida u Moskvaning „Lokomotiv“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ilk golini kiritib, 2020-yilgi Rossiya Superkubogini qoʻlga kiritgan.

2021-yilning 2-mayida u ikkita gol urdi, „Zenit“ ikkinchi oʻrindagi "Lokomotiv Moskva" ustidan 6:1 hisobida gʻalaba qozonib, ketma-ket uchinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2021-yil 16-may kuni 2020/21-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida u „Tambov“ darvozasiga 4 ta gol urib, oʻz hisobidagi gollari sonini 20 taga yetkazdi va eng yaxshi toʻpurar sifatida jamoadoshi Sardor Azmunni (19 ta gol urgan) ortda qoldirdi. 2021-yilning 16-oktyabr kuni Tulaning „Arsenal“ klubiga qarshi oʻyinda u „Zenit“ safidagi 100-golini kiritgan. 2021-yil 29-oktyabr kuni Moskvaning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda u Rossiya Premer-ligasida oʻzining 144-golini urdi va urilgan gollar soni boʻyicha liga rekordchisiga aylandi.

2022-yilning 22-may kuni „Zenit“ Dzyuba bilan shartnomasi tugashi sababli klubni tark etishini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati Dzyuba 2011-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan Rossiya U21 jamoasi tarkibida boʻlgan. 2011-yilning 11-noyabrida Gretsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan. U UEFA Yevro-2012 uchun vaqtinchalik tarkibga chaqirilgan. U Dik Advokat tanlov uchun tanlagan yakuniy tarkibga kiritilmagan.

2014-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, Fabio Kapello Dzyuba oʻrniga Aleksandr Kokorin va Aleksandr Kerjakovni afzal koʻrgan, u UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida muntazam ravishda chaqirila boshlandi. U oʻzining birinchi golini 2014-yilning 8-sentyabrida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda kiritgan, Rossiya bu oʻyinda Ximki Arenasida 4:0 hisobida magʻlub etgan. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtib, keyingi bahsda xuddi shu raqib ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonib, toʻrtta gol urgan. U 8 gol bilan Rossiyaning eng yaxshi toʻpurari sifatida musobaqani yakunlagan, ular UEFA Yevro 2016 ga yoʻllanma olgan.

2018-yil 11-mayda u Rossiyaning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatining kengaytirilgan tarkibiga kiritildi va 3-iyunda u yakuniy tarkibdan joy olgan. U 14-iyun kuni boʻlib oʻtgan dastlabki oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi va Saudiya Arabistoni ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda uchinchi golni urdi. U oʻzining ajoyib oʻyinini davom ettirdi va ikkinchi oʻyinda Rossiya Misrni 3:1 hisobida magʻlub etib, Rossiyani birinchi marta pley-off bosqichiga chiqishiga yordam berdi. 1-iyul kuni Ispaniyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida u tanaffus tugashiga bir necha daqiqa qolganida penaltini golga aylantirib, hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirgan. Ikkinchi boʻlimda Dzyuba almashtirildi va Rossiya penaltilar seriyasida 4:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Sergey Ignashevich va Igor Akinfeev terma jamoadagi faoliyatini yakunlagach, Dzyuba jamoa sardoriga aylangan. 2019-yil 9-iyun kuni u UEFA Yevro-2020 saralash bosqichida San-Marinoga qarshi uyinda 9:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda toʻrtta gol urgan va Rossiya oʻz tarixidagi eng yirik gʻalabasini qayd etgan. 10-oktyabr kuni u terma jamoadagi 23-golini urdi va bu hisobda hamkasbi Roman Pavlyuchenko rekordini yangilagan.

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan. U 2021-yil 12-iyun kuni Rossiyaning Belgiyaga qarshi dastlabki oʻyinida toʻliq oʻynadi, Rossiya 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan. U 2021-yil 16-iyun kuni Rossiyaning Finlandiyaga qarshi ikkinchi oʻyinida 83 daqiqa oʻynadi va Rossiya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi, Dzyuba Aleksey Miranchukning gʻalaba goliga assistentlik qilgan. 21-iyun kuni u Daniyaga qarshi oʻyinning 90 daqiqasini oʻtkazib, Rossiyaning yagona golini penaltidan kiritgan. Ular 4:1 hisobida magʻlub boʻldi va Rossiya musobaqadan chiqib ketdi. Dzyuba Daniya darvozasiga gol urib, Aleksandr Kerjakovning 30 ta gollik rekordini milliy terma jamoa toʻpurari sifatida takrorlagan.

Faoliyat statistikasi thumb|354x354px| Dzyuba 2017-yilda Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻynagan thumb|324x324px| Dzyuba 2018-yilda Tulaning „Arsenal“ klubida oʻynagan

Klub KlubMavsumLigaMamlakat kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSpartak Moscow2006RPL502010—80200716142621027520081611253—22620098210——92201020———202011-1241113182—52142012-132541060—3242014-1513710——147Jami126261352671016638Tom Tomsk (Ijara)2009RPL103———1032010241011——2511Jami34131100003514Rostov (Ijara)2013-14RPL281732——31192014-15111——10121Jami39183200104320Zenit Saint Petersburg2015-16RPL301552861044232016-17261310611034142017-181511081—2422018-192781095—37132019-20281722621037212020-21272010511134222021-2228112181103913Jami18185135501751249108Arsenal Tula (Ijara)2017-18RPL106———106Karyerada jami3901483013762471503186

Xalqaro Rossiya YilOʻyinGol 2011 1 0 2012 1 0 2013 1 0 2014 5 2 2015 7 6 2016 7 3 2017 0 0 2018 10 4 2019 10 9 2020 5 2 2021 8 4 Jami 55 30

Yutuqlar

Rostov Rossiya kubogi : 2013-14;

Zenit Sankt-Peterburg Rossiya Premer-ligasi : 2018-19 2019-20 2020-21 2021-22 Rossiya kubogi : 2015-16, 2019-20 Rossiya Superkubogi : 2015, 2016, 2020 2021;

Shaxsiy Spartak Kichik Oltin Boar mukofoti: 2006 Rossiya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2013-yil iyul, 2014-yil avgust, 2015-yil iyul, 2018-yil avgust, 2019-yil aprel „Rostov“ muxlislari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14 Yilning eng yaxshi futbolchisi : 2018 RFU yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018-19 Sport-Express yilning eng yaxshi futbolchisi : 2018-19 RB Awards – 2020-yilning eng yaxshi sportchisi Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari : 2019-20 (17 gol) 2020-21 (20 gol) Rossiya Premer-ligasi eng yaxshi assistenti: 2018-19 2019-20 Rossiya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Tom Tomsk futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Arsenal Tula futbolchilari Turkum:Adana Demirspor futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:FC Akron Tolyatti futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari