Neslihan Atagül Doğulu (talaffuzi: Neslihan Atagul Dogʻulu ; 1992-yil 20-avgustda tugʻilgan) — turk aktrisasi. U 110 dan ortiq mamlakatlarda sotilgan Kara Sevda (2015—2017) serialidagi roli bilan tanilgan va Xalqaro Emmy mukofotining yagona turkiyalik sovrindoridir (2017)„Kara Sevda xalqaro Emmi yutgan ilk turk seriali boʻldi“. 2017. p. T-Vine.. Shuningdek, uning Fatih Harbiye (2013—2014) serialidagi hamda Araf va Senden Bana Kalan filmlaridagi bosh rollari diqqatga sazovordir. Aktrisalik faoliyati davomida Atagül koʻplab mukofot va maqtovlarga sazovor boʻlgan, jumladan Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini olgan.
Biografiyasi Neslihan Atagül 1992-yil 20-avgustda Istanbulda tugʻilgan. Uning otasi cherkes millatiga mansub haydovchi, onasi esa belarus millatiga mansub uy bekasi edi„Neslihan Atagül kim?“. Milliyet..
U Yeditepe univetsitetida teatr yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.
Faoliyati
Dastlabki faoliyat yillari Atagül 8 yoshida aktrisa boʻlishni maqsad qilgan edi. 2005-yilda 13 yoshida u Neşe Erberkga tegishli Erberk agentligining raqamini topdi; u Erberkning agentlik manzilini olgan va onasi bilan roʻyxatdan oʻtish uchun borgan. Oradan bir oy oʻtgach, u o‘zining birinchi reklama roligida rol o‘ynadi.
2006-yilda Atagül İlk aşk filmida aktrisalik debyutini amalga oshirdi va shu roli tufayli „Istiqbolli yosh aktrisa“ nominatsiyasida faoliyatidagi birinchi mukofotga sazovor bo‘ldi. 2006-2010-yillar oralig‘ida u aynan shu nomdagi romanga asoslangan Yaprak Do‘kümü serialida rol ijro etdi. Kelgusi yillarda Canım Babam, Kalbim Seni Seçti, Hayat Devam Ediyor kabi boshqa seriallarda suratga tushdi.
2012-yilda u Araf filmidagi bosh roli bilan eʼtiborga sazovor boʻldi va ushbu roli sababli nufuzli Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini qo‘lga kiritdi.
2013—2014: Fatih Harbiye 2013-yilda Atagül Kadir Doğulu bilan birga Fatih Harbiye romantik drama seriyasidagi bosh rolni egalladi. Bu turkiyalik yozuvchi Peyami Safaning 1931-yilda nashr etilgan shu nomli kitobiga moslashtirilgan film boʻlib, unda Neriman Solmaz rolini ijro etgan. Neriman mahallada yashab, onasiz o‘sgan yosh ayol bo‘lib, bolalikdan sevib kelgan yigiti bilan unashtirilgan edi. Ammo u Macit Arcaoğlu (Kadir Doğulu) bilan tanishgandan so‘ng hayoti o‘zgaradi.
Fatih Harbiye premyerasi 2013-yil 31-avgustda Fox kanalida boʻlib oʻtdi, biroq keyinroq Show TVga koʻchdi. U ikki mavsum davom etdi va 2014-yil 10-dekabrda yakunlandi.
2015—2017: Kara Sevda va ortib borayotgan mashhurlik 2015-yilda u faoliyatidagi eng muhim va eng sevimli rollaridan birini, Kara Sevda melodramasidagi Nihan Sezin rolini oʻynadi. Ushbu serial 2017-yilda Xalqaro Emmy mukofotining Eng yaxshi telenovela nominatsiyasini qo‘lga kiritgan birinchi turk seriali bo‘ldi„TÜRKİYEʼNİN İLK EMMY ÖDÜLÜ KARA SEVDAʼNIN!“. 2017. p. Ay Yapim.. Serial shuningdek Seul xalqaro drama mukofotlari taqdirlash marosimida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi„Tuganmas sevgi, Seul Drama Awards 2016 mukofoti“. [Endless Love, premiado en los Seul Drama Awards 2016] (ispan tilida). 2016. p. Prensario Internacional..
Kara Sevda dunyoda eng koʻp tomosha qilingan turk seriallaridan biriga aylandi„Dunyo boʻylab eng koʻp koʻrilgan 10 turk serialiga oshiq boʻling“. [Enamórate con el top 10 de las telenovelas turcas más vistas en todo el mundo] (ispan tilida). 2021. p. VidaModerna., 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan va Rossiya, Eron, Sloveniya, Urugvay hamda Gretsiya kabi 110 dan ortiq mamlakatlarda efirga uzatilgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ispan jamiyati uchun efirga uzatilganda, u Univision kanalida eng ko‘p tomosha qilingan ispanlarniki bo‘lmagan serialga aylandi.
Ushbu serialdagi ijrosi tufayli Atagül toʻrtta mukofotni qoʻlga kiritdi va uning mashhurligi nafaqat Turkiyada, balki xalqaro miqyosda, xususan, arab mamlakatlarida ham keskin oshdi.
U İlker Kaleli bilan birga Dip (2018) seriali orqali onlayn oqim platformalarida debyut qildi.
2019—2021: Sefirin Kızı 2019-yilda Neslihan Atagül Nare rolini ijro etgan Sefirin Kızı seriali bilan ekranga qaytdi"Engin Akyürek va Neslihan Atagül „Elchining qizi“ premyerasi". [Engin Akyürek va Neslihan Atagül estrenan 'La hija del embajador] (ispan tilida). 2019. p. Diez Minutos..
Serial Star TVda ikki fasl davomida jami 52 qismdan iborat boʻlgan holda namoyish etildi. Premyerasi 2019-yil 16-dekabrda boʻlib, 2021-yil 11-mayda yakuniga yetdi va ijrosi uchun u Izmir Artemis xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotini oldi. Biroq, seriyaning oʻrtasida Atagül sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli serialdan voz kechganini eʼlon qildi"Neslihan Atagül sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli „Elchining qizi“ serialini tark etadi". 2021. p. Diez Minutos..
Hozirgi Hozir Atagül yangi professional loyihasi - Hadsiz jurnali ustida ishlamoqda. Bu jurnal ta’sirchan fotosuratlar va taniqli mehmonlar bilan eksklyuziv suhbatlarni o‘quvchilarga taqdim etadi„Hadsiz loyihasi“. Instagram..
Shaxsiy hayoti Neslihan 2013-yil oktyabr oyida Fatih Harbiyedagi hamkasbi Kadir Doğulu bilan uchrasha boshlagan. Ular 2015-yilning noyabrida unashtirishgan va 2016-yil iyul oyida turmush qurishganGiriş, Haber (2016-yil 11-iyul). „Kadir Dogʻlu Neslihan Atagül bilan turmushga qurdi“. Hurriyat (turk tilida). 2017-yil 13-martda olindi..
Filmografiyasi KinoYilNomiRoliManba(lar)2006İlk AşkGenç BaharYordamchi rol2011ArafZehraBosh rol2015Senden Bana KalanElifTBAAh BelindaSevilayTelevideniyaYilNomiRolManba(lar)2006—2010Yaprak DökümüDeniz BaşsoyYordamchi rol2011Kalbim Seni SeçtiMelis2011Canım BabamPınarBosh rol2011—2012Hayat Devam EdiyorŞirin Bakırcı2013—2014Fatih HarbiyeNeriman Sölmaz2015—2017Kara SevdaNihan Sezin2018DipBilge Koral2019—2021Sefirin KızıNare Çelebi Işıklı2022—Gecenin UcundaMacide
Mukofot va nominatsiyalar YilTaqdirlash marosimiYo‘nalishLoyihaNatijaManba(lar)2006Golden Boll Film FestivalUmidli yosh aktrisaİlk Aşk2007Moscow 2morrow Film FestivalHozir va kelajakdagi eng yaxshi aktrisaAraf 201119th Golden Cocoon Film FestivalUmidli yosh aktrisa 201225th Tokyo International Film FestivalEng yaxshi aktrisa Eurovizyon. „Neslihan Atagülga Tokyodan mukofot“. www.eurovizyon.co.uk/(turk tilida). 2022-yil 1-fevralda olindi.Pune International Film FestivalEng yaxshi namoyish 45th Cinema Writers Association AwardsEng yaxshi aktrisa 201316th Uçan Broom International Women Films FestivalEng yaxshi yosh aktrisa 201616th Magazinci.com Internet Media (Bests)Yilningeng yaxshi televideniye aktrisasiKara Sevda 6th Ayaklı Newspaper TV Stars AwardsEng yaxshi televideniya dramasi aktrisasiSeoul International Drama AwardsEng yaxshi aktrisa MGD 22nd Golden Lens AwardsEng yaxshi drama aktrisasi Golden Butterfly AwardsKTÜ Media AwardsEng yuqori baholangan aktrisaEge University 5th Media AwardsEng yaxshi aktrisa20171st Müzikonair AwardsEng yaxshi televideniya aktrisasi Bilkent TV AwardsEng yaxshi aktrisaTurkish Children's Awards20203rd International Izmir Film Festival Golden Artemis AwardsEng yaxshi aktrisaSefirin KızıSE-SAM Award Ceremony for Those Who Carried Turkish Cinema from the Past to the FutureTurk kinosini oʻtmishdan kelajakka olib boradigan ism1st Cinemaport AwardsEng yaxshi televideniya aktrisasiSefirin Kızı2021Soap Awards France 2021Eng yaxshi xalqaro aktrisaKara SevdaDistinctive International Arab Festivals AwardsYilning eng yaxshi xalqaro aktrisasiSefirin Kızı
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Modellar (kasb) Turkum:Turkiyalik aktrisalar