Zaurbek Mairbekovich Soxiyev (tugʻ. 1986-yil 1-iyun, Tojikiston SSR) – oʻzbekistonlik erkin kurashchi, erkin kurash boʻyicha Jahon chempioni (2009-yil). Pekin (2008-yil) va Londonda (2012-yil) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi va erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
Tarjimai hol 1986-yil 1-iyunda Tojikiston SSRda osetin oilasida tugʻilgan. Uning otasi sobiq ogʻir atletikachi, SSSR sport ustasi - Mair SoxiyevМаир СОХИЕВ: «Призываю родителей отдавать детей в спорт — он закаляет и воспитывает».8 yoshidan Vladikavkazda Aslonbek Bekoyev boshchiligida erkin kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2005-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynay kurash tusha boshladi. 2006-yilda Olma-Otadagi Osiyo chempionati va Dohadagi Osiyo oʻyinlarining kumush medali, Guanchjoudagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2007-yilda Bokudagi jahon chempionatida uchinchi boʻldi. 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, 9-oʻrinni egalladi. 2009-yilda Xerningda jahon chempioni boʻladi. 2010-yilda Moskvadagi jahon chempionati va Bokuda oʻtkazilgan “Oltin Gran-pri” xalqaro turnirining kumush medali sovrindori boʻldi. 2011-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali sovrindori boʻldi. 2012-yilda u Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlab, u yerda 12-oʻrinni egallaydi.
Ayni kunda Soxiyev Vladikavkazda (Rossiya) yashaydi.
Manbalar
Havolalar
Zaurbek Soxiyev — Olympedia.org Zaurbek Soxiyev — International Wrestling Database Zaurbek Soxiyev Заурбек СОХИЕВ: «В борьбе если ты не первый — то рядовой» Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:1-iyunda tugʻilganlar Turkum:Osetin millatiga mansub oʻzbekistonliklar