Laos futbol federatsiyasi (laos: ສະຫະພັນ ບານເຕະ ແຫ່ງຊາດ ລາວ; fransuzcha: Fédération Lao de futbol) futbol organi. U Laos milliy futbol terma jamoasi, shuningdek, mamlakatning asosiy chempionati hisoblangan Lao 1-ligasi va quyi liga Lao-liga 2, LFF Lao Ford Cup kabi milliy musobaqalar uchun javobgardir. Laos Futbol Federatsiyasining shtab-kvartirasi mamlakat poytaxti hisobalangan Ventyan shahrida joylashgan. Federatsiyaga 1951-yilda asos solingan. Federatsiya tashkil etilganidan bir yil oʻtib 1952-yilda FIFAga aʼzo boʻldi. Ammo Osiyo futbol Konfederatsiyasiga aʼzo boʻlish uzoq vaqt davom etdi. 1968-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tarkibiga qabul qilindi. 1996-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo Millatlar Uyushmasi boʻlmish ASEANga aʼzo boʻlgan. Koʻp yillik ichki nizolardan soʻng, Laos iqtisodiy va siyosiy tiklanish yoʻlida. Mamlakat siyosiy barqarorlikka erishgach, futbol sezilarli darajada rivojlandi. Janubiy-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ishtirok etganidan beri Laos terma jamoasi 1995-yil ASEAN futbol chempionatida (Tiger Cup) ishtirok etdi. Garchi mintaqaviy turnirlar uchun yangi boʻlsa-da, Laos oʻzining isteʼdodli futbolchilarini namoyon qildi.
2012-yilda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Laos futbol federatsiyasining iltimosiga koʻra, Kokichi Kimurani murabbiy sifatida vakil etib tayinlangan. Bundan tashqari, Key Xomma ayollar vakili etib tayinlandi.
Bu organ, shuningdek, bir nechta Laos terma jamoalarining nazorat organi hisoblanadi, xususan: Laos milliy futbol terma jamoasi Laos U-21 terma jamoasi Laos U-20 terma jamoasi
Prezidentlar Bountiem Phissamay yoki Bounteim Phitsamai (1942-yil 15-sentabrda tugʻilgan) – laoslik siyosatchi va olim. Laos Futbol Federatsiyasining ilk prezidenti hisoblanadi. Bountiem Phissamay (-2008) Phouvanh Vongsouthi (2008-2010) Viphet Sihachakr (2010-2013) Pasatxay Philahandeth (2014-2016) Viphet Sihachakr (2017-)
Xodimlar Ismi-sharifLavozimManba Viphet SihachakrPrezidentFIFA.com Pasatxay PhilahandethKatta vitse-prezidentFIFA.com Pasith Souphab2-vitse-prezidentFIFA.com Khampheng Vongkhanty3-vitse-prezidentFIFA.com Khamphay Paseuth4-vitse-prezidentFIFA.com Kanya KeomanyBosh kotibFIFA.com Khampheng VongkhantyGʻaznachiFIFA.com Varadaraju SundramoorthyTexnik direktorFIFA.com Michael WeißJamoa murabbiyi (Menʼs)FIFA.com Pathana KuntiyavongJamoa murabbiyi (Womenʼs)FIFA.com Anoulack ChanthavisoukMedia/Aloqa menejeriFIFA.com Sysaveuy SaysanasyFutzal koordinatoriFIFA.com Souei VongkhamHakamlar koordinatoriFIFA.com
Manbalar
Havolalar Laos at the FIFA website. Laos at AFC site
Turkum:Laosda futbol Turkum:1951-yilda tashkil etilgan sport tashkilotlari Turkum:Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʻzo assotsiatsiyalar