Butan Futbol Federatsiyasi (dzongha tilida: wxutar whty Bhuitanning Etakchi) – Butanda milliy futbol boshqaruv organi hisoblanadi. Shuningdek, yuqori chempionati hisoblangan Butan Premer-ligasi, BPL saralashi, Dzongxag (tuman) ligalari, Ayollar milliy ligasi, Milliy futzal – minifutbol ligasi, shuningdek, turli yoshlar va koʻngilochar turnirlarni tashkil etish uchun mas’uldir. Ushbu tashkilotning bosh qarorgohi Butan poytaxti Thimphu shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotni Dasho Ugen Sechup boshqaradi. Bosh kotib lavozimida esa Ugyen Vanchuk faoliyat yuritmoqda.
Tarix Butan Futbol Federatsiyasi 1983-yilda Butan Olimpiya qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. 2000-yildan FIFA, 1993-yildan esa Osiyo Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi sanaladi.
Xodimlar
Ism-sharifLavozimManba Dasho Ugyen Tsechup DorjiPrezident Pema DorjiVitse Prezident Ugyen WangchhukBosh kotib B.T. DorjiGʻaznachi Vincent SubramaniamTexnik direktor Pema DorjiJamoa murabbiyi (erkaklar) Denka NaJamoa murabbiyi (ayollar)Media/Aloqa menejeri Passang TsheringFutzal koordinatori Uygen DorjiHakamlar koordinatori
Reglament A-divizioni (8 ta jamoa); B-divizioni (8 ta jamoa); C-divizioni (12 ta jamoa). A-divizionida soʻnggi ikki oʻrinni egallagan jamoalar B-divizionida dastlabki ikki oʻrinni egallagan jamoalar bilan guruh turnirida oʻynaydi. Ushbu uchrashuvlarda eng koʻp ochko toʻplagan ikki jamoa keyingi mavsumda mamlakat oliy divizionida ishtirok etadi. 1986-yildan beri federatsiya Butan futbol chempionati va mamlakat kubogini oʻtkazib keladi.
Ayollar futboli Federatsiya bugungi kunga kelib FIFA qoidalariga amal qilgan holda ayollar futbolini rivojlantirish uchun katta qadamlarni tashlamoqda. 2022-yildan ayol futbolchilarning oylik maoshi 30 000 Nugacha koʻtarildi. Federatsiya, shuningdek, oʻyinchilarga mamlakatning turli kollejlarida oliy maʼlumot olishlari uchun moliyaviy yordam taklif qiladi. Ayollar terma jamoasi ishtirok etgan ilk xalqaro oʻyin 2010-yilda Bangladeshda boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati edi.
BFF akademiyasi Akademiya 2005-yilda ochilgan. U 14 va 16 yoshgacha boʻlgan 30 nafar talabadan iborat edi. 2002-yilda rahbariyat asta-sekin talabalar bilan koʻpayib bordi. Qish mavsumida milliy seleksiya lagerlarida sharoitlar yanada yaxshilandi.
Manbalar
Havolalar Official website Bhutan at FIFA site Bhutan at AFC site
Turkum:Butanda futbol Turkum:Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʻzo assotsiatsiyalar Turkum:Osiyodagi futbol boshqaruv organlari Turkum:Butandagi sportni boshqarish organlari