Ommaviy kommunikatsiya deganda ommaviy axborot vositalari orqali keng miqyosdagi xabarlar yoki maʼlumotlarni yuborish, qabul qilish, almashish jarayoni tushunilishi mumkin. Xabarlarni bir vaqtning oʻzida bir nechta odamga yetkazish ommaviy kommunikatsiya deb ataladi. U jurnalistika va reklamani oʻz ichiga olgan media-texnologiyalarning turli shakllaridan foydalanadi.

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bir vaqtning oʻzida koʻplab qabul qiluvchilarga xabarlarni uzatish ommaviy kommunikatsiya hisoblanadi, ammo toʻliq maʼnoda ommaviy kommunikatsiyani mintaqalar va butun dunyo boʻylab axborotning keng aylanish jarayoni sifatida tushunish mumkin.

Ommaviy kommunikatsiya orqali maʼlumot odatda axborot manbalaridan uzoqda boʻlgan koʻplab odamlarga tezda uzatilishi mumkin. Ommaviy kommunikatsiya radio, televideniya, ijtimoiy tarmoqlar, bilbordlar, gazetalar, jurnallar, kitoblar, filmlar va Internet kabi koʻplab vositalar yordamida amalga oshiriladi. Hozirda ommaviy kommunikatsiyalar shiddatli tezlikda dolzarb mavzular haqida maʼlumot tarqatish uchun foydalanilmoqda. Ommaviy kommunikatsiya orqali tarqatilgan axborot va media natijasida insoniyatning qutblanishga asoslangan madaniyati shakllanmoqda.

Tushunchasi va tarixi Ijtimoiy sohada ommaviy kommunikatsiya Kommunikatsiya fanining kichik sohasi sifatida koʻriladi. Ommaviy kommunikatsiya — bu „shaxs, odamlar guruhi yoki tashkilot tomonidan axborot yaratiladigan va uni qandaydir vosita orqali katta, anonim, bir xil boʻlmagan auditoriyaga yetkazish jarayonidir.“ Bu shuni anglatadiki, ommaviy kommunikatsiya auditoriyasi asosan turli madaniyatlar, xatti-harakatlar va eʼtiqod tizimlariga mansub boʻladi.

Tarixdagi birinchi ommaviy axborot vositasi davriy matbuot edi. Uning vazifalari yillar davomida oʻzgarib borgan. Masalan, XVI-XVII asrlarda matbuotning avtoritar nazariyasi mavjud boʻlgan boʻlsa, XVII asrda — erkin matbuot nazariyasi, shuningdek, XIX asrda proletar matbuoti nazariyasi shakillandi. 20-asr oʻrtalarida esa ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi paydo boʻldi.

Axborotni idrok etish nuqtai nazaridan davriy bosma televideniya, radio va kompyuter tarmoqlariga nisbatan ancha murakkab shakl hisoblanadi. Bundan tashqari, materialni taqdim etish nuqtai nazaridan gazetalar boshqa ommaviy axborot vositalariga qaraganda kamroq samaralidir. Bunga qaramasdan, ommaviy axborotni yetkazib berishda davriy bosma vositalarining inkor etilmaydigan afzalliklari ham bor:

siz bir xil gazeta materialiga qayta-qayta qaytishingiz mumkin;

gazetani deyarli hamma joyda oʻqish mumkin;

gazetani bir-biringiz bilan almashishingiz mumkin;

gazeta materiali anʼanaviy ravishda qonuniylikning barcha belgilariga ega boʻladi va hokazo.

Soʻrovnomalar natijasiga koʻra, oddiy odam ertalab radioni ommaviy axborot vositasi sifatida afzal koʻradi, chunki u hamma ishga yoki oʻqishga shoshilayotgan paytda koʻzga tashlanmaydigan axborot fonini yaratadi, axborot beradi va chalgʻitmaydi. Kechqurun esa televizor afzal koʻriladi, chunki u axborotni idrok etish nuqtai nazaridan eng osondir.

Kommunikatsiya tarixi sanʼat va yozuvning tarixiy shakillaridan tortib Internet kabi zamonaviy kommunikatsiya metodlarigacha choʻzilgan. Ommaviy kommunikatsiya odamlar xabarlarni bir manbadan bir nechta qabul qiluvchilarga uzatishi mumkin boʻlgan paytda boshlangan. Ommaviy kommunikatsiya gipodermik igna modeli (yoki sehrli oʻq nazariyasi) kabi nazariyalardan tortib, kompyuter vositachiligidagi kommunikatsiya kabi zamonaviyroq nazariyalar orqali shakillanib, hozirgi holga kelgan,

Ommaviy kommunikatsiyaning ahamiyati Ommaviy kommunikatsiya vositalari maxsus kanallar va uzatuvchilar boʻlib, ular yordamida axborot xabarlari katta maydonlarda tarqaladi.

Ommaviy kommunikatsiyadagi texnik vositalar quyidagilardan iborat:

ommaviy axborot vositalari (OAV): televideniya, matbuot, Internet, radio,

ommaviy taʼsir vositalari: kino, sirk, adabiyot, teatr, tomoshalar,

texnik vositalar (pochta, telefaks, telefon).

Ommaviy kommunikatsiya axborot aylanish kanali va ommaviy tuygʻularning integratori, ijtimoiy psixikaning dinamik jarayonlarini tartibga soluvchi rolini oʻynaydi. Aynan shuning uchun ham ommaviy kommunikatsiya organlari shaxs va ijtimoiy guruhga kuchli taʼsir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.

M.A.Vasilik fikriga koʻra ommaviy kommunikatsiya vositalaridagi aloqa jarayonining o‘ziga xosligi uning quyidagi xossalari bilan bog‘liq (bo‘yicha):

diatopiklik — axborot xabarlarini makonni yengish imkonini beruvchi kommunikativ xususiyat; diaxroniklik — buning natijasida xabar oʻz vaqtida saqlanib qoladi; replikatsiya — ommaviy kommunikatsiyaning tartibga soluvchi taʼsirini amalga oshiradigan xususiyat; bir vaqtdalik — deyarli bir vaqtning oʻzida koʻplab odamlarga adekvat xabarlarni taqdim etish imkonini beradigan aloqa jarayonining xususiyati; koʻpaytirish — buning natijasida axborot nisbatan oʻzgarmagan tarkib bilan takrorlanishga duchor boʻladi.

XX asrda ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi dunyoqarashning oʻzgarishiga, muloqotning virtual olami shakllanishiga olib keldi.

Ommaviy kommunikatsiya nazariyasida ikkita asosiy yondashuv mavjud:

Minimal taʼsir modelini qoʻllab-quvvatlaydigan insonga yoʻnaltirilgan yondashuv. Ushbu yondashuvning mohiyati shundaki, jamiyat ommaviy kommunikatsiya vositalarini oʻz ehtiyojlariga moslashtiradi. Ushbu yondashuv tarafdorlari shuni taʼkidlashadiki, odamlar qabul qilayotgan axborotlarni tanlab oʻzlashtirishadi. Ular maʼlumotlarning faqat oʻz fikrlariga oʻxshash qismini qabul qiladilar va bu fikrga mos kelmaydigan qismi rad etiladi. Bu yondashuvga mos ommaviy kommunikatsiya modellari: E. Noel-Neumannning „sukunat spirali“, V. Gamsonning konstruktiv modeli sanaladi. Mediaga yoʻnaltirilgan yondashuv. Ushbu yondashuvning mohiyati shundaki, inson ommaviy axborot vositalarining taʼsiriga duchor boʻladi. Ommaviy kommunikatsiya vositalari qarshilik koʻrsatib boʻlmaydigan dori kabi harakat qiladi. Bu yondashuvning vakili G. Maklyuen (1911 — 1980) hisoblanadi. U birinchi bo‘lib xabarlarni mazmunidan qatʼi nazar, ommaviy axborot vositalarining, asosan, televideniyaning jamoat fikrini shakllantirishdagi rolini o‘rgandi. Makon va zamonni oʻzida jamlagan televideniya ularni tomoshabin idrokida birlashtiradi, shu bilan birga oddiy narsalarga ham ahamiyat beradi. Oldin sodir boʻlgan voqealarga eʼtibor qaratib, televideniya jamoatchilikka yakuniy natija haqida gapirib beradi. Bu tomoshabinlar ongida harakatning oʻzi shu natijaga olib keladi degan illyuziyani shakllantiradi. Maʼlum boʻlishicha, reaksiya harakatdan oldin boʻladi. Shunday qilib, tomoshabin televizion tasvirning tarkibiy-rezonans tarqoqligini qabul qilishga majbur boʻladi.

Ommaviy kommunikatsiyalarning ijobiy va salbiy taraflari

Afzalliklari Ommaviy kommunikatsiya qisqa vaqt ichida keng geografik hududga tarqalishi mumkin. U maʼlumotni mamlakat yoki butun dunyo boʻylab tarqatishga yordam beradi.

Quyida ommaviy kommunikatsiyaning asosiy afzalliklari keltirilgan.

Doʻstlar va yaqinlar bilan doimiy aloqada boʻlish Ommaviy kommunikatsiya odamlarning bir-biri bilan aloqada boʻlishiga yordam beradi. Misol uchun, agar kimdir boshqa davlatda, mamlakatda ishi boʻlsa yoki hatto sayohat qilsa, ommaviy kommunikatsiya ularga aloqa qilishda yordam beradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, odamlarning taxminan 95 % kommunikatsiya uchun mobil telefon, noutbuk, kompyuter kabi elektron qurilmalardan foydalanadi.

Tezlik va doimiylik Axborot oqimi uzluksiz va maqsadli auditoriyaga tez yetib boradi.

Xalqaro savdo Ommaviy kommunikatsiya mahsulotlarni almashtirish, sotish yoki sotib olish uchun tashqi bozorlarni yaratadi. Misol: kriptovalyuta, elektron tijorat kabi savdo turlarini ommaviy kommunikatsiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Mahsulotlar va xizmatlarni tavsiya qilish Ommaviy kommunikatsiya reklamada katta rol oʻynaydi. U yordamida mahsulotlarga xaridorlarni koʻpaytirish va xaridorlarga sifatli mahsulotlarni tavsiya qilish mumkin boʻladi.

Yangi korxonalarni tashkil etish va yangi mahsulotlarni joriy etish Ommaviy kommunikatsiya, hatto turli qitʼalardagi odamlarga yangi biznes boshlashga yoki mahsulotni ishlab chiqarishga yordam beradi. Shunday uchun ham potentsial startaplar baʼzan xorijiy manbalardan mablagʻ oladi.

Xabar berish Dunyo boʻylab sodir boʻlayotgan voqealardan odamlar xabardor qilinadi; Bu odamlarning geografik hududi, tili, jinsi, tabaqasi va eʼtiqodidan qatʼi nazar, barchani oʻzaro bogʻlanishiga yordam beradi. Ommaviy kommunikatsiya soʻzsizlarga ovoz berdi va pasayishlarni koʻtardi.

Koʻngilochar dasturlar Ommaviy kommunikatsiyaning eng mashhur usullaridan biri bu oʻyin-kulgidir. Buning yoʻqligi hayotimizda boʻshliqni paydo qiladi. Minglab telekoʻrsatuvlar, kanallar, filmlar, yangiliklar, sport, musiqa, multfilmlar va radio butun dunyodan va barcha yoshdagi tomoshabinlarni oʻziga jalb qildi.

Salbiy taraflari Ommaviy kommunikatsiya individualizmga olib keladi, unda odamlar koʻp vaqtlarini televizor koʻrishga sarflashadi, bu esa ijtimoiy munosabatlarga taʼsir qiladi.

Ommaviy kommunikatsiyaning boshqa kamchiliklari quyidagilardan iborat.

Jamiyat bilan aloqani uzilishi Ajablanarlisi shundaki, ommaviy kommunikatsiya odamlarni bir-biriga bogʻlash, maʼlumot almashish uchun ixtiro qilingan, ammo endilikda bu tushuncha individualizm bilan bogʻliq. Buning sababi shundaki, koʻpchilik vaqtlarining koʻp qismini elektron qurilmalar va internetda oʻtkazadilar. Ular oilaviy vaqtdan koʻra telekoʻrsatuvlarni tomosha qilishni, internetda kezishni yoki ijtimoiy tarmoqlarda harakat qilishni afzal koʻrishadi.

Bolalar uchun zararli Ommaviy kommunikatsiyaning asosiy jihatlaridan yana biri shundaki, uning kontentining aksariyat qismi bolalar uchun mos emas. Shu sababli, bunday axborot vositalaridan bolani vaqtini asrash juda qiyin boʻladi, ayniqsa ota-onalar farzandlarini nazorat qilish uchun kecha-yu kunduz yonida boʻla olmasa.

Sogʻlikka taʼsir qiladi Radio, televizor, mobil telefonlarning chastotalari va radiatsiyalari nafaqat insoniyat, balki hayvonlar va qushlar salomatligiga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari, bir necha soat ekranda ishlash koʻrish bilan bogʻliq muammolarga olib keladi.

Hamma uchun ochiq emas Ommaviy kommunikatsiyaning yana bir kamchiligi shundaki, undan hamma ham foydalana olmaydi. Garchi u dunyoning deyarli barcha qismlarini qamrab olgan boʻlsa-da, u hali ham geografik jihatdan tanlangan hududlardagina mavjud boʻla oladi.

Ommaviy kommunikatsiya turlari:

Reklama Ommaviy kommunikatsiya bilan bogʻliq boʻlgan reklama — bu mahsulot yoki xizmatni tinglovchilarni mahsulotni sotib olishga yoki xizmatdan foydalanishga undaydigan ishonchli tarzda sotish strategiyasidir. Reklama, odatda, qandaydir ommaviy axborot vositalari, masalan, televideniya orqali amalga oshirilganligi sababli, reklamaning taʼsiri va usullarini oʻrganish ommaviy kommunikatsiyani oʻrganish uchun dolzarbdir. Reklama — bu homiydan olingan ishonchli maʼlumotning pullik, bir tomonlama marketingi sanaladi. Ommaviy kommunikatsiya kanallari orqali homiy mahsulot yoki gʻoyalarni qabul qilishga yordam beradi. Reklamachilar oʻz auditoriyasiga yuborilayotgan xabarni toʻliq nazorat qiladi.

Jurnalistika Jurnalistika — bu ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etish uchun voqealar haqida xabarlar tayyorlash va tarqatish faoliyatidir. Jurnalistikani oʻrganish gazetalar, axborot kanallari, radiostansiyalar, televideniya stansiyalari va yaqinda e-readerlar va smartfonlar kabi ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlumot tarqatilishini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi.

Muqobil jurnalistika mazmuni, ishlab chiqarilishi yoki tarqatilishi nuqtai nazaridan oʻrnatilgan yoki hukmron boʻlgan ommaviy axborot vositalari turlaridan chetga chiqadi. Muqobil jurnalistika asosiy jurnalistika bilan bir xil ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi, asosiy oqimdan chetlatilganlarning manfaatlarini himoya qiladi.