Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri.

1974-yilning 8-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 256-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori, professor Bozorboy O‘rinboyev rektor sifatida tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

2022-yil 21-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qarori asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.

Universitet rektori Yuldashev Maqsud Abdullayevich. Universitet 2025-yilga kelib 8 ta fakultet, 27 ta yoʻnalish va 35 ta kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar bor. Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik mavjud. Muassasaning toʻliq nomi: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti. Qisqa nomi: JDPU. Umumiy maydoni 101 766 m² boʻlib, shundan 9 980 m² oʻquv maydoni, 9 100 m² esa yotoqxona maydoni hisoblanadi. Tarixi Jizzax viloyatida Xalq maorifi tarmog‘ini malakali o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlari yil sayin orta borishi hisobga olinib, sobiq Sovet Ittifoqi hukumatining 1974-yil, 26-iyuldagi 605-sonli qarori va uning ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1974-yil 4-avgustdagi qarori hamda ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq maorifi vazirligining 1974-yil 8-avgustdagi 256-sonli buyruqlari qabul qilingan va ularga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil topgan. Oliygohni tashkil etishda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov tashabbus koʻrsatgan.

1974-1975-o‘quv yillari institutda ikki fakultet, 4 ta kafedra faoliyat yuritdi. Ularda jami 5 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Yo‘nalishlar quyidagilar: O‘zbek tili va adabiyoti, Yevropa va milliy tildagi maktablar uchun rus tili va adabiyoti, Umumiy texnika va mehnat ta’limi, Matematika, Boshlang‘ich ta’lim.

Muassasa tashkil etilgan ilk o‘quv yilida faoliyat yuritish uchun Samarqand, Toshkent, Sirdaryo viloyati oliy ta’lim muassasalaridan jami 29 nafar professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Jizzax davlat pedagogika institutiga qabul jarayoni 1974-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki 1974-1975-o‘quv yilida institutga jami 425 nafar talaba, ularning 300 nafari kunduzgi, 125 nafari esa sirtqi bo‘limlarga qabul qilinishi to‘g‘risidagi kvota belgilangan. Institutga Samarqand davlat pedagogika instituti (1992-yildan keyin Samarqand Davlat Universiteti) oʻquv ishlari prorektori lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bozorboy O‘rinboyev birinchi rektor etib tayinlangan.

Institut uchun Jizzax shahridagi hozirgi „Oʻrda“ ekologik bogʻida joylashgan hududda bir va ikki qavatli binolar qurilishi boshlanadi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutining hozirgi binosiga 1982-yilda qurilish uchun poydevor oʻrni qazildi. Binoning poydevori uchun ilk gʻishtni qoʻyishga Sharof Rashidov taklif qilingan.

1988-yildan boshlab, institut jamoasi yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi. Jamoa 1988-1989-yildan boshlab, mashg‘ulotarni yangi binoda boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif Vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

Muassasaning bosh binosi 2020-2022-yillar oralig‘ida to‘liq kapital ta’mirlandi.

Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21.06.2022-yil „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qaroriga koʻra Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.

Universitet rektori: pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov.

Universitet 2024-yilga kelib, 12 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 35 kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar mavjud boʻlib, Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik bor. Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimi Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Boʻston shaharchasida joylashgan. Bugungi kunda boʻlimda Sirtqi (5 yillik) taʼlim shaklidagi hamda II-mutaxassislik taʼlim shaklidagi yoʻnalishlarida talabalar tahsil oladi. Universitet qoshida 1 ta akademik litsey, 1 ta maktab hamda 2 ta texnikum mavjud.

Bo‘limlar

Sirtqi bo‘lim Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitet Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2021-2022-o‘quv yili boshidan Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo‘ston shaharchasida joylashgan qayta rekonstruksiyadan o‘tkazilgan universitet binosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qaroriga muvofiq Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi tashkil etilgan. Jizzax davlat pedagogika universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda universitet kengashining 2020-yil 24-avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan faoliyat olib boradi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida sirtqi (5 yillik) ta’lim shakli va ikkinchi mutaxassislik ta’lim shakllari mavjud.

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limida quyidagi kafedralar faoliyat olib bormoqda:

Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi; Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi; Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi. Pedagogika-psixologiya va musiqa yoʻnalishlarida masofaviy taʼlim kafedrasi.

Magistratura bo‘limi Jizzax davlat pedagogika institutida 2003-2004-o‘quv yilidan boshlab Magistratura bo‘limi ish boshladi va Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, O‘zbek tili  yo‘nalishlari bo‘yicha magistrantlar qabul qilingan. Jizzax davlat pedagogika institutiga dastlab 2017-2018-o‘quv yili uchun 4 ta magistratura mutaxassislikka (aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika, biologiya)) – 8 nafar, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) – 4 ta, Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi – 4 ta, jami 16 nafar, 2018-2019-o‘quv yili uchun 13 ta mutaxassislikka 82 nafar magistrant, 2019-2020-o‘quv yili uchun 18 ta mutaxassislikka 209 nafar magistrant, 2020-2021-o‘quv yili uchun 18 ta mutaxassislikka 350 nafar magistrant, 2021-2022-o‘quv yili uchun 20 ta mutaxassislikka 921 nafar magistrant o‘qishga qabul qilingan. 2024-yilda 20 ta magistratura mutaxassislikka 1 va 2-kurs kesimida jami 232 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Ushbu magistratura mutaxassisliklarida 25 ta mutaxassislik kafedralari rahbarligida magistrantlarning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati olib borilmoqda.

Fakultet va yo‘nalishlar #Fakultet nomiYo‘nalish nomi1Aniq fanlarMatematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishiInformatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishiMatematika va informatika ta’lim yo’nalishi2Tabiiy fanlarBiologiya yo‘nalishiKimyo yo‘nalishiGeografiya va iqtsodiy bilim asoslari 3O‘zbek tili va adabiyotiO‘zbek tili va adabiyoti4Boshlang‘ich ta’limBoshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi5Tarix fakekultetiTarix fani yo‘nalishiMilliy g‘oya, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi6Fizika va texnologiya ta’limi fakultetiFizika va astronomiya yo‘nalishiFizika va astronomiya o‘qitish metodikasiTexnologik ta’lim yo‘nalishiRangtasvir yo‘nalishiDizayn yo‘nalishiTasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi7Xorijiy tillar fakultetiXorijiy til va adabiyoti, ingliz tili yo‘nalishi8Rus tili va adabiyoti fakultetiRus tili va adabiyoti yo‘nalishiO‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishiRus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda9Jismoniy madaniyat fakultetiJismoniy madaniyat yo‘nalishiXotin-qizlar sport yo‘nalishiSport faoliyati kurash yo‘nalishi10Pedagogika va psixologiya fakultetiPedagogika va psixologiya yo‘nalishiMaxsus pedagogika, surdopedagogikaMaxsus pedagogika oligofrenopedagogika yo‘nalishiMaktab menejmenti yo‘nalishiMaxsus pedagogika logopediya yo‘nalishi11Maktabgacha ta’lim fakultetiMaktabgacha ta’lim yo‘nalishiMaktabagacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tilMaktabagacha va boshlang‘i ta’limda jismoniy tarbiya va sportMusiqa ta’lim yo‘nalishiCholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi12Tibbiyot fakultetiDavolash ishi yo‘nalishiPediatriya ishi yo‘nalishi

Akademik litsey, texnikum va maktablar

Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi 30-sonli tayanch maktabi 30-sonli maktab 2023-yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi, 81-uyda joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabi 990 o‘ringa mo‘ljallangan. Darslar o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. 2023-yil hisobiga ko'ra maktabda 1059 nafar o‘quvchi mavjud. Pedagoglar soni 73 nafarni tashkil etadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2023-yil 8-sentabrdagi 362-U sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra universitet tayanch maktabi sifatida belgilangan Jizzax shahridagi 30-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayoni, 4+2 talabalar amaliyoti, dars sifati, o‘qituvchilarning bilim berish darajasi, to‘garaklar bilan ishlash jarayonlari tashkil etilgan.

Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Akademik litsey Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 30-aprel 2001-yil №96-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan. 825 o‘ringa mo‘ljallangan litsey binosi 1993-yilda qurilib foydlanishga topshirilgan. 2023-yil hisobi bo'yicha akademik litseyda 778 nafar o'quvchi tahsil olmoqda. Akademik litseyda 43 ta o‘quv xonalari 300 o‘rinli yotoqxona, 12×24 metr hajmli 2 ta sport zali, 50 o'rinli kutubxona, 100 o'rinli ovqatlanish uchun oshxona hamda 60×30 metr o'lchamli sun'iy qoplamali mini stadion mavjud. Ta’lim shakli: Kunduzgi. Ta’lim yo‘nalishlari: aniq fanlar, iqtisod va texnik, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo'nalishi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi Gʻallaorol xizmat koʻrsatish va servis texnikumi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi“https://lex.uz/uz/docs/-4500926 PF-5812 sonli farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 30-iyundagi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi 355-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan. Bino 3 qavatli bo'lib, 720 o'ringa mo'ljallangan. Texnikumda 28 ta o'quv xonasi mavjud. Shundan 2 ta kompyuter sinfi, 40 o'rinli axborot kutubxona, 120 o'rinli majlislar zali, 120 o'rinli oshxona, 30x18 metr hajmdagi sport zal hamda ochiq futbol maydoni, voleybol va basketbol maydonlari mavjud.