Jules Olivier Koundé (1998-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing Barcelona klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Jules Koundéning hozirgi kundagi transfer narxi 60 million yevroni tashkil etadi.

Klubdagi faoliyati

Bordo left|thumb|201x201px| Koundé 2018-yilda Bordo bilan Koundé 2018-yil 7-yanvarda Fransiya kubogining 1/64-raundida US Granvillega safarda 2:1 hisobida magʻlub boʻladi, bu Koundéning „Bordo“ safidagi ilk oʻyini edi va bu oʻyinda u toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. U 2018-yil 13-yanvarda „Bordo“ safida „Trua“ jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda Liga 1dagi debyutini oʻtkazdi. 2018-yilning 10-fevralida Kounde „Amiens“ jamoasiga qarshi bahsda oʻzining birinchi golini kiritdi, bu uning faoliyatidagi Liga 1da birinchi goli va Bordoning asosiy jamoasidagi birinchi goli edi.

Sevilla 2019-yil 3-iyulda u Ispaniyaning „Sevilya“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Bordo“ga Koundé transferidan 25 million yevro ishlab oldi. „Sevilya“dagi birinchi mavsumida u klubga UEFA Yevropa ligasida gʻalaba qozonishiga yordam berdi va musobaqaning ramziy jamoasiga kiritildi.

Terma jamoadagi faoliyati 2021-yil 18-may kuni Koundé Dide Desham tomonidan Fransiya terma jamoasiga UEFA Yevro-2020 uchun jalb etildi. U 2021-yil 2-iyun kuni Uelsga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.

2021-yil 10-oktyabr kuni Koundé 2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi finalida Fransiyaning Ispaniya ustidan qozongan gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Shaxsiy hayoti Koundé yarim benin va yarim fransuz. U Bordo 40 km uzoqlikdagi Landiras shaharchasida yolgʻiz onasi bilan yashaydi.

Yutuqlari Sevilla

UEFA Yevropa ligasi: 2019-20

Fransiya

UEFA Millatlar ligasi: 2020-21

Shaxsiy sovrinlari UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi tarkibi: 2019-20

Manbalar

Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Fransiya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Erkak futbolchilar