Novza masjidi — Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra masjid XIX asrning oxirlarida qurilganhttps://masjid.uz/toshkent-v/toshkent-sh/chilonzor-tumani/268-novza.html.
Masjidning „Novza“ deb nomlanishligining sababi, o‘tmishda Bo‘zsuv soyining bir irmog‘iga to‘g‘on qo‘yilib, balandlikdagi ekinzor dalalarga nov orqali suv chiqarilgan ekan. Shu munosabat bilan ushbu novga yaqin-atrofdagi yerlarni, keyinchalik bu yerda qurilgan masjidni ham „Novza“ deb atay boshlaganhttp://old.muslim.uz/index.php/rus/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/31652-novza-maszhidi-duolar-ila-fajzga-t-ldi.
Maʼlumki, mazkur masjid „haj“ va „umra“ safariga otlanayotgan ziyoratchilar uchun so‘nggi kuzatish maskani ham hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxonalar ham bo‘lishi hisobga olingan.
Imom-xatib: Jaloliddin Hamroqulov https://archive.qalampir.uz/news/%E2%80%9Cnovza%E2%80%9D-masjidi-imom-xatibi-jaloliddin-qori-xamroqulov-xatmi-quron-uchun-aqshga-yuborildi-2263
Manbalar