Xoshimin metropoliteni — Xoshimin shahrida qurilayotgan metro tizimi.

Birinchi liniyaning qurilishi 2008-yilda boshlangan va qurilishni yakunlash 2022-yilga moʻljallangan. Metro liniyalarining aksariyati hali ham loyihalashtirilmoqda. Metro ochilishidan keyin Vyetnamda Xanoydan keyingi ikkinchi metro boʻladi. Shuningdek, 2013-yilda 2024-yilda foydalanishga topshiriladigan ikkinchi liniya (Bakeo) qurilishini boshlash rejalashtirilgan edi.

Tarixi

Dastlabki loyihalar (2001-2012) Birinchi metro loyihasi 2001-yilda Osiyoning boshqa shaharlariga taʼsir qilgan jiddiy transport muammolarini oldini olish uchun Xoshimin shahrida jamoat transportini yaxshilash loyihasi doirasida taklif qilingan.

2001-yil fevral oyida taqdim etilgan dastlabki bosh rejaga koʻra, metro olti liniyadan iborat boʻladi. Dastlab loyiha 1,5 mlrd AQSH dollarini tashkil qilishi va 10 yil davomida amalga oshirilishi kutilgan edi.

Reja 2007-yilda kamida oltitadan kam boʻlmagan liniyani oʻz ichiga olgan holda qayta koʻrib chiqilgan. Shahar transportini 2020-yilgacha rivojlantirishning bosh rejasida umumiy uzunligi 37 kilometr bo‘lgan uchta monorels yoki tezyurar temir yo‘l liniyasi va umumiy uzunligi 107 kilometr bo‘lgan oltita metro liniyalari qurilishi ko‘zda tutilgan. Allaqachon transport markazi boʻlgan 1-okrugdagi Bantxang bozori kattalashadi va bir nechta liniyalarni bogʻlaydi.

Joriy loyiha (2013-yildan) Soʻnggi taklif qilingan loyiha 2007-yilda taklif qilingan loyihaning qayta koʻrib chiqilgan versiyasi boʻlib, u 2013-yil 8-aprelda tasdiqlangan. Birinchi liniya qurilishi 2008-yilda boshlanib, 2014-yilga qadar yakunlanishi kerak edi, ammo moliyalashtirish muammolari tufayli qurilish faqat 2012-yilda boshlangan va liniya 1-okrugdagi Bantxang bozori va 9-okrugdagi Syuten istirohat bogʻini bogʻlashi kerak edi. Ochilish sanasi esa 2018-yilga koʻchirildiHo Chi Minh City Metro — Railway Technology.

2013-yil sentabr oyida Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Ispaniya hukumati bilan 5-liniya qurilishini moliyalashtirish uchun 850 million yevro ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

2017-yil 13-sentabrda hukumat xarajatlarning ortishi, pudratchilarga to‘lovlarning kechiktirilishi va barcha turdagi tekshiruvlar tufayli birinchi liniya ochilishini 2020-yilga ko‘chirilishini eʼlon qildi. Taxminlarga koʻra, ochilishdan soʻng liniya kuniga 160 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. 2030-yilga borib bu raqam 635 mingga, 2040-yilga kelib esa kuniga 800 ming kishiga ko‘tariladi. Bekatlarda nogironlar va ko‘zi ojiz yo‘lovchilar ham kirishlari mumkin bo‘lgan chiptalar, hojatxonalar, telefon kabinalari va maʼlumot shtablarini joylashtirish rejalashtirilgan.

2019-yil 28-yanvarda Loyiha boshqaruvi direktori Duong Xuu Xoa 2018-yil dekabr holatiga ko‘ra 1-liniya qurilishining borishi 62 foizga yetganini aytdi. Loyiha mahalliy matbuotda qayta-qayta kechiktirilgani uchun tanqid qilindiNguy cơ tạm dừng dự án Metro số 1 TP.HCM: Hậu quả khôn lường! — Tuổi Trẻ Online.

Ikkinchi liniya qurilishi dastlab 2013 yilda boshlanib, 2018 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 2017-yil 13-sentabrda mahalliy hokimiyat bosh vazirdan ikkinchi liniya qurilishini 2020-yilgacha, 2024-yilda yakunlanishini kechiktirishni so‘radi. 2020-yil fevral oyida birinchi liniyaning ochilishi 2021 yil oxiriga rejalashtirilgan edi. Liniyaning xarajatlari ham 1,3 milliard dollardan 2,1 milliard dollargacha oshdiVietnam Insider, „First Metro Line in Ho Chi Minh to Launch Next Year“, 19 February 2020.. 2021-yil fevral oyida metro ochilishi yana bir yilga, 2022-yil oxiriga koʻchirildiSaigon 1st metro line completion pushed back to 2022 — VnExpress International.

Sxema center|thumb|500x500px| Taxminiy liniyalar dizayni Liniya rangi Liniya raqami Liniya nomi Uzunligi Bekatlar soni Soʻnggi bekatlar Izoh  1S: Sài Gòn 19,7 km 14 Bantxang bozori↔Syuten Park QurilmoqdaByenxoa yoki Bindonggacha uzaytirish ehtmoli mavjud  2 B: Bà Quẹo 48 km 42 Shaharning shimoli-gʻarbiy hududlari↔ Txutxeym Qurilish 2020-yilda qayta boshlanadi1-bosqich: Bantxang ↔ Txam Luong 11 ta bekat.  3A K: Tân Kiên 19,8 km 17 Bangtxang↔ Tankien Loyihalashtirilmoqda Tan hududigacha uzaytirish ehtmoli mavjud  3B N: Thị Nghè 12,2 km 10 Respublika markazi↔ Xipbenpxuok LoyihalashtirilmoqdaTxudaumotgacha uzaytirish ehtmoli mavjud  4G : Gò Vấp 35,75 km 32 Thanhsuyan↔ Xipfuok Loyihalashtirilmoqda  4T : Tân Sơn Nhất 3,2 km 3 Giyadin bogʻi (4-liniya)↔ Maqbara (5-liniya) Loyihalashtirilmoqda 1-bosqich: Tanshonnyat ↔ Maqbara  5 C : Cần Giuộc 23,39 km 22 Avtovokzal↔ Xoshimin koʻprigi Loyihalashtirilmoqda1-bosqich: Beyhiyen ↔ Xoshimin koʻprigi  6 Đ : Đầm Sen 6,8 km 7 Respublika markazi↔ Fulam markazi Loyihalashtirilmoqda Loyiha, shuningdek, 2 ta monorels va tramvay liniyasini qurishni oʻz ichiga oladi. Liniya tavsifi Uzunligi Bekatlar soni Marshrut Izoh Tramvay 12,8 km 6 Bason (1 qator) — Vovankiyet — Lichiuxoang — Gʻarbiy avtovokzal (Bến xe Miền Tây) LoyihalashtirilmoqdaBin Kuoygacha uzaytirish ehtmoli mavjud Monorels 1 27,2 km ? Magistral 50 — Suantuy — Bin Kuoy Loyihalashtirilmoqda Monorels 2 16,5 km ? Nguyenoan va Fanvantri — Kuangchung shahri — Tanchanxip bekati Loyihalashtirilmoqda

Qurilish thumb|400x400px| Birinchi liniyasi sxemasi

 S  1-liniya Umumiy uzunligi 19,7 km boʻlgan birinchi liniya qurilishi 2008-yilda boshlangan va 2022-yilda yakunlanishi kutilmoqda. Birinchi liniya Xanoy shossesiga parallel ravishda oʻtadi. Bu liniya 14 ta bekatdan iborat boʻlib, unga bitta depo xizmat koʻrsatadi.

 B  2-liniya thumb|400x400px| Ikkinchi liniya sxemasi Uzunligi qariyb 48 km boʻlgan ikkinchi liniya loyihasi 2010-yilda tasdiqlangan, biroq inflyatsiya va boshqa moliyaviy qiyinchiliklar tufayli qurilishni boshlash kechiktirilgan edi. Biroq, qurilish boshlandi va liniya 2024-yilgacha foydalanishga topshirilishi kerak.

Texnik xususiyatlari

Platformaning uzunligi: 125 m; Stansiyalar orasidagi oʻrtacha masofa 700–1300 m; Oʻrtacha tezlik: 80 km/soat; Oraliq vaqt: 4 daqiqa (pik vaqtda 2 daqiqa); Tunnel kengligi: 3 m.

Tariflar Yoʻlovchilarni ragʻbatlantirish uchun Xoshimin metro tarmogʻida yoʻlkira narxi minimal boʻladi, 2500 VND (1200 soʻm). Taqqoslash uchun: shahar ichida avtobus yo‘lkira narxi odatda 3000 VNDni tashkil qiladi (2013-yil holatiga ko‘ra, avtobusda yo‘lkira narxi 5000 dan 7000 VNDgacha). Sayohat chiptasi ham mavjud boʻlib, u metroda ham, avtobusda ham amal qiladi. Manbalar