Akram Hasan Afif Yahyo Afif (; 1996-yil 18-noyabrda tugʻilgan) – qatarlik professional futbolchi, Qatarning Al Sadd klubi va Qatar milliy futbol jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Faoliyatining boshida Afif Qatardan paydo boʻladigan eng istiqbolli futbolchilardan biri hisoblangan. Akram 2019-yilgi Osiyo Kubogini Qatarga olib kelinishiga hissa qoʻshgani uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi erkak futbolchisi boʻlish uchun uch kishilik nomzodlar roʻyxatidan joy oldi. 2019-yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Jamoalardagi faoliyati

Ilk faoliyat davri Akram Afif Dohada tugʻilgan, otasi asli somali-tanzaniyalik va onasi yamanlik. Afif Al-Markhiya, keyin esa Al Sadd yoshlar jamoalarida oʻynagan va 2009-yilda Al-Saddga talaba sifatida qoʻshildi. Aspiredagi faoliyati davomida Afif Ispaniyaga talabalar almashinuv dasturi boʻyicha sayohat qilgan, Sevilla va Villarreal yoshlar jamoalarida oʻynagan.

U 2013-yilgi Al Kass xalqaro kubogida Sevilla sharafini himoya qilgan, jamoaning birinchi oʻyinida Aspire Academyga qarshi oʻyin 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlanganida dubl va golli uzatmani amalga oshirgan.

Afif keyinchalik Vilyarrealning yoshlar jamoasiga qoʻshildi.

2015-yil yanvar oyida Afif Eupen klubiga oʻtdi. Afif 19-yanvar kuni Eendracht Aalstga qarshi debyut uchrashuvida gol urdi. 24-yanvar kuni KRC Mechelenga qarshi navbatdagi oʻyinda jamoasining beshta golidan uchtasiga assistentlik qildi.

Afif oʻzining birinchi katta mavsumini toʻqqizta oʻyinda ikkita gol bilan yakunladi. 2016-yilning 18-martida Eupen bilan KSV Roeselarega qarshi uyinda 4:0 hisobida galaba qozondi.

Villarreal 2016-yilning 8-mayida Afifning yana Villarrealga bu safar doimiy shartnoma asosida qoʻshilishi tasdiqlandi. Bu bilan u La Liga oʻynagan tarixdagi Qatarda tugʻilgan birinchi futbolchiga aylandi. 4-avgustda Afif bir mavsumlik shartnoma asosida boshqa top-klubdagi „Sporting de Gijón“ga ijaraga berildi.

Afif Ispaniya futbolining asosiy toifasida debyutini 2016-yilning 21-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida Atletic Bilbaoga qarshi oʻyinda (2:1) Burguining oʻrniga maydonga tushdi. Toʻqqizta liga oʻyinlaridan soʻng, Afif 2017-yil 14-iyulda oʻzining birinchi katta klubiga – Eupenga bir yillik ijara shartnomasi asosida qaytdi. U 2018-yilning yanvar oyida oʻz vataniga qaytib, Al Saddda oʻynadi va u yerda mavsumni juda muvaffaqiyatli oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati thumb| Afif 2018-yilda Qatar terma jamoasida Afif 2014-yilda Qatar U-20 terma jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Asosiy turnir davomida Afif KXDRga qarshi finalda yagona gol urib, Qatarga gʻalaba keltirdi.

Akram 2015-yilning sentyabr oyida bosh murabbiy José Daniel Carreño tomonidan kattalar terma jamoasiga chaqirilgandi. 2015-yil 3-sentyabr kuni JCh-2018 saralash bosqichida Qatarning Butanga qarshi oʻyinida (15:0) gol urgan. Afif oʻyinda golli uzatmani ham rasmiylashtirdi.

Qatarning 2019-yilgi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari davomida Afif oʻz jamoasiga kubokni koʻtarishda muhim rol oʻynadi va umumiy hisobda 10 ta golli uzatmani qayd etdi, bu turnirdagi yangi rekorddir.

Shaxsiy hayoti Akram Qatarning Doha shahrida tugʻilgan. Ali Afif ismli akasi bor, QSL jamoasining Al-Duhail klubi futbolchisi. Uning otasi Hasan Afif asli somalilik boʻlib, Tanzaniyaning Moshi shahrida tugʻilgan. Otasi avval Tanzaniyaning Simba jamoasida oʻynagan, ammo keyinchalik Somaliga koʻchib oʻtgan va u yerda Horseed va Somali terma jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Keyinchalik Qatarga koʻchib oʻtdi va Al Ittihad (keyinchalik nomi Al Gharafa deb oʻzgartirildi) jamoasida oʻynadi. Onasi – Fayza Yamanlik.

Akram Sevillaga oʻtganida ispan tilini oʻrgana boshlagan. 2015-yil iyun oyida Aspire akademiyasini tamomlagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiContinentalBoshqaJamiLigaIshtirokGollarAssistlarIshtirokGollarAssistlarIshtirokGollarAssistlarIshtirokGollarAssistlarIshtirokGollarAssistlarEupen2014-15Belgian Second Division920———9202015-161661100——17612017-18 (ijara)Belgian First Division A1513100——1613Jami40942000000004294Sporting Gijón2016-17 (ijara)La Liga900200——1100Jami9002000000001100Al Sadd2017-18QSL73421080321019572018-19222615323931—3431192019-20191592018516213522122020-21105731542011018912Jami5849351049291059411066750Jami faoliyati10758391449291059411597654

Xalqaro gollar

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Qatarning gollar sonini sanab oʻtadi

No.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa1.3.09.2015Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar10-015-0FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi2.6.06.20172-02-2Oʻrtoqlik uchrashuvi3.13.06.20172-03-22018 FIFA Jahon chempionati saralashi4.5.09.2017Khalifa International Stadium, Doha, Qatar1-01-25.23.12.2017Al Kuwait Sports Club Stadium, Kuwait City, Quvayt1-04-023-Arab koʻrfazi kubogi6.21.03.2018Basra Sports City, Basra, Iraq1-03-22018 Xalqaro oʻrtoqlik chempionati7.2-18.24.03.20182-12-29.11.09.2018Khalifa International Stadium, Doha, Qatar2-03-0Oʻrtoqlik uchrashuvi10.12.10.2018Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar1-04-311.14.11.2018Stadio di Cornaredo, Lugano, Switzerland1-01-012.1.02.2019Zayed Sports City Stadium, Abu Dhabi, BAA3-13-12019-yilgi Osiyo kubogi finali13.15.10.2019Al Janoub Stadium, Al Wakrah, QatarUmmon1-02-12022 FIFA Jahon chempionati saralashi14.19.11.2019Central Republican Stadium, Dushanbe, TojikistonAfgʻoniston1-01-015.29.11.2019Khalifa International Stadium, Doha, Qatar6-06-024-Arab koʻrfazi kubogi16.2.12.20191-04-217.2-018.4.12.2020Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar2-05-02022 FIFA Jahon chempionati saralashi19.5-020.13.07.2021BBVA Stadium, Houston, AQSh1-03-32021 CONCACAF oltin kubogi21.17.07.20212-04-022.3.12.2021Education City Stadium, Al Rayyan, Qatar1-02-12021 FIFA Arab kubogi23.6.12.2021Al Bayt Stadium, Al Khor, Qatar2-03-024.26.03.2022Education City Stadium, Al Rayyan, Qatar1-02-1Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari thumb| Afif 2018-yilda Al Sadd tarkibida Al Sadd

Amir kubogi : 2020, 2021 Qatar Superkubogi : 2019 Qatar kubogi : 2020, 2021 Qatar Yulduzlar Ligasi : 2018-19, 2020-21, 2021-22

Xalqaro

OFK Osiyo Kubogi : 2019

Individual

Qatar Yulduzlar Ligasi eng yaxshi toʻpurari: 2019-20 Qatar Yulduzlar Ligasi eng yaxshi assistentlar: 2018-19, 2019-20 Qatar Yulduzlar Ligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-19, 2019-20 Qatar Yulduzlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi : 2018-19, 2019-20 OFK Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 2019 Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2019 IFFHS AFC yilning eng yaxshi erkak jamoasi: 2020 KONKAKAF Oltin Kubogi : 2021-yilning eng yaxshi oʻyinchisi FIFA Arab kubogi bronza toʻpi: 2021-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Qatarlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:K.A.S. Eupen futbolchilari Turkum:Sporting de Gijón futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:Al Sadd SC futbolchilari Turkum:Challenger Pro ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohiblari Turkum:AFC Osiyo kubogida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Qatarlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar