Oreo – ikki kakao biskviti yoki shirin fondant bilan toʻldirilgan pecheniye boʻlaklaridan iborat sendvich shakldagi pecheniye brendi. 1912-yil 6-martda Nabisco tomonidan taqdim etilgan va bir qator korporativ sotuv ishlari, birlashuv va boʻlinishlar tufayli Nabisco ham, Oreo brendi ham 2012-yildan beri Mondelez Internationalga tegishli. Oreo pecheniyelari yuzdan ortiq mamlakatlarda mavjud. Oreo pecheniyelarining koʻplab xillari ishlab chiqarilgan va cheklangan holda XXI asrda mashhur boʻlgan.
Oreo pechenyesi 1908-yilda taqdim etilgan Hydrox nomli shokoladli pecheniyega taqlid qilib chiqarilgan. Biroq, Oreo shunchalik mashhur boʻlib ketadiki, koʻpchilik Hydroxni Oreoga taqlid deb oʻylaydi. Oreo 2014-yildan beri dunyodagi eng koʻp sotilgan pechenye brendi hisoblanadi. Manbalar
Havolalar
Additional history notes on Oreo cookies