Abigel Daniella Fillip — amerikalik jurnalist, siyosiy muxbir va CNN kanalida hafta oxirida efirga uzariladigan koʻrsatuvlarda boshlovchi boʻlib ishlaydi.U ilgari Washington Post, ABC News va Politico gazetalarida ishlagan.
Bolalik va taʼlim Abigel Filipp 1988-yil 25-noyabrda Virjiniyada asli afro-Trinidadlik boʻlgan Jyun va Karlos Filliplar oilasida tugʻilgan. Otasi Jyun Fillip rieltor, onasi Karlos Fillip esa oʻqituvchi va pedogogik psixolog boʻlib ishlagan. Uning beshta ukasi bor.
U bolaligida oila qisqa muddatga Trinidad va Tobagoga koʻchib oʻtdi va toʻqqiz yoshida AQShga qaytib keldi. Abby Filipp Merilend shtatining Bowi shahrida katta boʻlgan va Bowie yuqori maktabida oʻqigan . Dastlab tibbiyot sohasida oʻqishni xohlaganiga qaramasdan,2010-yilda u Garvard universitetini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni tugatdi, Garvardda Abby Fillip The Garvard Crimson talabalar gazetasida maqolalar yozar edi.
Karyera Abby Filipp 2017-yilda CNN telekanaliga keldi va Tramp maʼmuriyatini yorita boshladi . CNNdan oldin u The Washington Post gazetasida ishlagan, u yerda asosan milliy siyosiy hisobotlar va umumiy topshiriqlar bilan shugʻillanar edi . U shuningdek, ABC News telekanalida ishlagan, u yerda Nyu-York shahridagi ABC News xodimi va raqamli muxbir boʻlgan va bir necha marta C-SPAN dasturida mehmon sifatida qatnashgan.. Fillip oʻzining jurnalistik faoliyatini Oq uy muxbiri va Politico nashri uchun blogger sifatida boshlagan va saylov kampaniyasini moliyalashtirish va lobbichilik masalalarini yoritgan. U vaqti-vaqti bilan PBS telekanalidagi "Washington Week" dasturida Robert Kosta bilan boshlovchilik qiladi .
Abby Filipp 2020-yil 14-yanvarda Dreyk universitetida Demokratik partiya prezidentlik praymerizlarining yettinchi demokratik debatiga moderatorlik qildi. U baʼzi odamlar tomonidan munozarani boshqarishda Berni Sandersga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlganligi uchun tanqid qilindi.
2020-yilda u muhtaram Jessi Jeksonning 1988 yilgi Demokratik prezidentlikka nomzod boʻlish uchun kurashi haqida yozayotganThe Dream Deferred kitobi uchun Flatiron Books bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga koʻra kitob 2022-yilda ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
2021-yil 11-yanvarda Abby Fillip Inside Politics siyosiy tok-shouning yakshanba kuni ertalabki versiyasida Jon King o‘rniga 24-yanvaridan boshlab yangi boshlovchi sifatida ishtirok etishi eʼlon qilindi. (Jon King hafta kunlarida tok-shouni olib borishda davom etdi.) Dam olish kunlarida esa koʻrsatuv "Inside Politics Sunday With Abby Phillip " (Yaʼni Siyosat ichkarisi, Abby Fillip bilan) deb oʻzgartirildi.
Shaxsiy hayot Abby Filipp Vashingtonda eri Markus Richardson bilan yashaydi. Filipp va Richardson 2018-yilning may oyida Lars Anderson uyida turmush qurishdi Er-xotin 2021-yilda birinchi farzandlarini kutayotganliklarini eʼlon qilishdi Abby Fillip Delta Sigma Theta ayollar jamiyatining faxriy aʼzosi.
Manbalar:
Havolalar
Q&A with Phillip, Washington Post (video) Appearances on C-SPAN
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Harvard universiteti bitiruvchilari Turkum:1988-yilda tugʻilganlar