link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2e/Malik_Fathi_warming_up_for_FC_Spartak_Moscow.jpg/200px-Malik_Fathi_warming_up_for_FC_Spartak_Moscow.jpg|right|thumb|436x436px| Fathi Moskvaning „Spartak“ klubi tarkibida Malik Deniz Fathi (1983-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati 2003-yildan 2008-yilgacha Gerta BSCda himoyachi sifatida oʻynagan.

2008-yil 12-martda u Moskvaning „Spartak“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yil yanvar oyida u 1-liga FSV Mainz klubiga ijaraga berilgan. Ushbu holat 2011-yil iyul oyida mavsum ohiriga qadar davom etgan. U 2012-13-yilgi mavsum uchun " Kayserispor "ga ijaraga berilgan. Ammo 2012-13-yilgi qishki transfer oynasi oxirida u yarim mavsumga ijara asosida TSV 1860 Myunxenga qoʻshilgan.

2014-yilning 14-aprelida uning „Maynts 05“dagi shartnomasi muddati uzaytirilmasligi maʼlum bo‘lgan. 2015-yil 30-yanvarda u Ispaniya Segunda B divizionining " Atletiko Baleares " klubiga oʻtgan. Fathi Ispaniya futbol piramidasining uchinchi eng yuqori darajasida deyarli 100ta liga oʻyinlarini oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati Fathi 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniya sharafni munosib himoya qilgan. 2006-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Germaniya U-21 terma jamoasini sharafni himoya qilgan.

U 2006-yilning 16-avgustida Shvetsiyaga qarshi oʻz uyida boʻlgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Va huddi shu uchrshuvda Fathi Germaniya terma jamosi safida ilk bor maydonga tushgan. U tanaffusda Marsel Yansenni oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. Oʻzining ikkinchi va oxirgi xalqaro oʻyinida u Rostokda Guruziya terma jamosiga qarshi oʻtkazgan hisob 2:0 ga yetganda oʻyin tugashiga 15 daqiqa qolganda Tomas Xitzlspergerni oʻrniga maydonga tushgan.

Shaxsiy hayoti Futbolchilik faoliyatini boshlashdan oldin u Gerta Zelendorf Berlin va Borussiyada tennis oʻynagan. U boʻsh vaqtlarida basketbol oʻynaydi. 

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiManbaDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHertha BSC2003-04Bundesliga1400000001402004-0530010——3102005-062603180103812006-073114150104122007-0822121——242Jami1232103130201485—Hertha BSC II2004-05Regionalliga Nord1010——202006-0720———20Jami3010000040—Spartak Moscow2008Premier League2131061—28420091531000—163Jami366206100447—Mainz 05 (loan)2009-10Bundesliga14100——1412010-1119010——200Jami331100000341—Mainz 05 II (loan)2010-11Regionalliga West20———20Mainz 052011-12Bundesliga1703000—2002013-142000——20Jami190300000220—Mainz 05 II2011-12Regionalliga West30———302013-1480———80Jami110000000110—Kayserispor (loan)2012-13Süper Lig16010——1701860 Munich (loan)2012-132. Bundesliga15000——150Atlético Baleares2014-15Segunda División B80———802015-16311———3112016-17291——413322016-1728110——291Jami9631000411014—Karyerada jami354121931916139817—

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar