Ilhom Xalimovich Sharipov (; 1968-yil24-fevral) — sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. Hozir murabbiy.

Tarjimai holi Dastlab oʻz faoliyatini 1986-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1987-yilning oʻrtalarida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingan, biroq oradan maʼlum vaqt oʻtib „Dinamo“ga qaytib, 1989-yilgacha „Dinamo“da faoliyatini davom ettirgan.

1990-yilda yana „Paxtakor“ jamoasiga oʻtadi, klubda 1995-yilgacha faoliyat yuritadi. U maydon markazida Xoren Ovannisyan, Mirjalol Qosimov va Andrey Pyatnitskiy bilan muvaffaqiyatli oʻyin namoyeish etib muhlislar olqishiga sazovor boʻlgan. 1991-yilda „Paxtakor“ tarkibida toʻp surgan vaqtida SSSR chempionati oliy ligasida oʻynagan. Jamoa oʻsha davrda yuqori yaxshi natijalarni qayd etgan. SSSR parchalanganidan soʻng, Paxtakor Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻldi. Keyin esa, Sharipov navbatdagi guruh almashinuvini amalga oshirib „Navbahor“ klubiga oʻtdi. Namangan klubi tarkibida ham yaxshi natijalarni qayd etdi, uning jamoasi ikkinchi bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Osiyo oʻyinlari Oʻz faoliyati davomida u terma jamoa tarkibida ham toʻp surdi. Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi 1994-yili Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib natijani qayd etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi Oltin medalni qoʻlga kiritib Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. 2006-yil noyabr oyida Sharipovning futbolda xayrlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi. U oʻyinchi sifatida faoliyatini yakunlagan boʻlsada, lekin futbolni tarak etmadi. „Paxtakor“ klubi tarkibida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirdi„Paxtakor“ otpravilsya na predsezonniy sbor v Tursiyu.

Davlat mukofotlari va unvonlari Uning sport soxasiga aynan futbolni rivojlantirish va targʻib etishda qoʻshgan hissasi hukumat tomonida yuksak baholanib, 1994-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan — Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari, Xirosimada oʻtkazilgan XII Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun Oʻzbekiston terma jamoasi va murabbiylari „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Yutuqlari

Oʻyinchi sifatida Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1996, 2001 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1993-yil Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1): 1997-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 1993-yil Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 1997-yil Osiyo oʻyinlari chempioni (1): 1994-yil

Manbalar

Havolalar

Ilkhom Sharipov at WorldFootball.net

Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar