Kosonsoy stadioni () – Oʻzbekistonning Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi koʻp funksiyali stadion. U 22 000 tomoshabinga moʻljallangan va Oʻzbekistondagi yirik stadionlardan biri hisoblanadi. Kosonsoy stadioni mahalliy Kosonsoy futbol klubining uy arenasidir.

Sovet davrida ochilgan. Namangandagi „Markaziy“ stadionini rekonstruksiya qilish jarayonida „Navbahor“ futbol klubi uy uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazdi. Stadion Madaniyat va Sport ishlari vazirligining Kosonsoy tumani boʻlimiga qarashlidir.

Tarixi 1980-yil Kosonsoy tumani hokimi Samaraxon Karimov saʼy-harakatlari evaziga hashar yoʻli bilan qurilgan. „Markaziy“ oʻyingoh oʻz bagʻriga qogʻozda 20 ming ishqibozni sigʻdirsa-da, amalda bemalol 22 ming muxlis oʻyinni bevosita stadionda koʻrish imkoniyatiga ega. Stadionda mexanik tablo ishlaydi. Stadion holati eski va taxta o'rindiqdan iborat.

Tavsifi

Stadionning atrofida 4 ta sunʼiy qoplamali maydonlar bor. Jamoa sunʼiy qoplamali maydonda toʻp suradigan raqiblariga qarshi bahslarga tayyorgarlik jarayonida shu maydonlardan foydalanadi. Bundan tashqari, qish faslida ham bu maydonlar jamoaga xizmat koʻrsatadi. Klubning bazasi ham stadionda joylashgan.

Manbalar

Havolalar

Futbolfacts.ru saytida stadion haqida ma'lumot Worldstadiums.com veb-saytida stadion haqida ma'lumot Stadion haqida ma'lumot wikistadiums.org saytida

Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari Turkum:Koʻp maqsadli stadionlar Turkum:Kosonsoy tumani Turkum:Namanganda sport