Kaushalya „Kitu“ Gidwani — hind aktrisasi va modeli. U Hindiston televideniyesida bir nechta film va seriallarda rol ijro etgan.
Kitu Swabhimaan filmida Svetlana rolini ijro etgan, bu roli uchun u muvaffaqiyatga erishagan. Keyin u Shaktimaanga imzo chekdi va haqiqat tarafdori boʻlgan yangiliklar kanali muxbiri „Geeta Vishwas“ rolini oʻynagan. U bir necha epizoddan soʻng shouni tark etdi va keyinchalik 1986-yilda Doordarshan telekanalida efirga uzatilgan Air Hostess serialidan soʻng mashhur boʻldi Dance of the wind (1997), Deepa Mehtaʼs Earth (1998) filmlaridagi rollari uchun tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Gidvani Mumbayda tugʻilgan. Uning Sindhilik ota-onasi boʻlinishdan kegin Pokistondan koʻchib kelgan. Ular Worli shahridagi qochqinlar lagerida yashashgan. Uning akasi bor.
U Mumbaydagi Fort monastir maktabida tahsil olgan. Bitiruvdan keyingi kunlarida uning fransuz tiliga qiziqishini ortdi va u fransuz spektakllarida rol oʻynay boshlagan. Tez orada u Janak Toprani rejissorligidagi ingliz spektakllarida rol oʻynagan. U baʼzi teleseriallarda rol oʻynagan va keyinchalik fransuzcha Black (1987) filmida suratga tushgan va unda braziliyalik qiz rolini ijro etgan.
Faoliyati Gidwani televideniyadagi debyutini 1984-yilda Trishna teleserialida qildi va 1980 va 90-yillarda Swabhimaan, Air Hostess va Junoon kabi teleseriallarda unutilmas chiqishlar qilgan. U Junoon filmida aktyor Tom Alter bilan yotoqda oʻpish sahnasidan keyin koʻpchilikning eʼtiborini tortgan. 1997-yilda u bir vaqtning oʻzida toʻrtta serialda suratga tushgan, Swabhimaan va Junoondan tashqari, Saahil, Yeh Kahan Aa Gaye Xum filmlarida ham rol oʻynagan. U yaqinda koʻp yulduzli hind seriallari Kaashish va Kulvadhuda paydo boʻlgan.
1997-yilda u Dance of the Wind filmida ustozi/onasini yoʻqotib, ovozini qaytarish uchun kurashayotgan hind klassik qoʻshiqchisi Pallavi rolini oʻynagan. Bu rol Nantdagi „Uch qitʼa“ festivalida „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Pankaj Butaliyaning Shadows in the Dark filmida u hozirgi Pokistonda yashovchi oʻrta yoshli ayol Lajma rolini oʻynagan. 2010-yillarda u Fashion, Dhobi Ghat va Student of the year filmlarida kichik rollarni ijro etgan.
2001-yilda ITC Limitedga tegishli Wills Lifestyle kiyim-kechak tarmogʻi bilan birgalikda u Wills Sport Lifestyle kiyim brendini targʻib qilgan. 2006-yilda u Darshan Jarivalaning Your Place or Mine spektaklida ham rol ijro etgan.
U, shuningdek, Sock ’em With Honeyn spektaklini ham ijro etdi, u yerda qizi yahudiyni sevib qolgan Pokistonlik anʼanaviy parsi ayol rolini oʻynadi va bu uning chet elga birinchi sayohatiga turtki boʻlgan.
Mukofotlar 1998-yilda Kitu „Uch qitʼa“ festivalida, Nantda, Fransiyada „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Mukofot uning Dance of the Wind filmidagi Pallavi rolidagi (rejissor Rajan Xosa) ajoyib yutugʻini eʼtirof etgan.
Filmografiyasi YilNomRolIzohlar1984Holi1985JanamTV film1985Wisdom Treeqisqa metrajli film1985TrishnaRoohiTV serial1986Air HostessTV serial1987KhojKitu Gidwani , Dilip DhawanTV serial1987BlackFransuzcha film1991Rukmavati Ki HaveliKittu Gidwani1991The Khajurahoqisqa metrajli film1994JunoonMini AgrawalTV serial1994TehkikaatKavita Deshpande1-Epizodda qotil sifatida paydo boʻldi1995-96SaahilPrernaTV serial1995-97SwabhimaanSvetlana BanerjeeTV serial1997Karvaan (Shadows in the Dark)Lajma1997Dance of the WindPallavi Sehgal1998EarthBunty Sethna1998ShaktimaanGeeta VishwasTV Serial2001Happily Ever AfterMme GibsonFransuzcha film2001DehamJaya2001AbhayJayanti2001AalavandhanJayanthiTamil film2002NazaranaIshitaning onasiTV film2004KesarPam MallyaTV serieal2005KasshishRatnaTV serieal2006-07KulvaddhuAntra Singh RathodTV serieal2006Dil Diya HaiMichelle2007Strangers2008Jaane Tu… Ya Jaane NaSheela Pariyar2008FashionAnisha Roy2009Phir KabhiDivya Singh2010Hello ZindagiDr. Sadhana2011Dhobi GhatVatsala2011MonicaPamela Garewal2012Student of the YearManini Banerjee2013Ek Bura AadmiRukmi Devi2015Wedding Pullav2016TrafficRehanning onasi2017Ok JaanuTaraning onasi2018Yeh Un Dinon Ki Baat HaiSameerning oʻgay buvisiTV serieal2019FittratPinky KapoorALTBalaji va ZEE5 da chiqarilgan onlayn-seriyalar2020Ghost StoriesDhruvning onasi
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar