Alana Evie Boden (14-yanvar, 1997-yilda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa. U Lifetime efirga uzatgan I Am Elizabeth Smart (2017) filmidagi ijrosi uchun Critics' Choice mukofotiga nomzod boʻlgan.
Yoshligi Boden Surrey shahrida tugʻilgan va Hampshirerda oʻsgan. Uning 2 nafar singlisi bor. U oʻz karyerasini toʻqqiz yoshida televizion reklamalari va qisqa metrajli filmlarga oʻtishdan oldin yosh model sifatida boshlagan. U faoliyati uchun vaqt ajratish maqsadida uyda taʼlim olgan.
Faoliyati Boden oʻzining televizion debyutini ITV kanali efirga uzatgan Mr Selfridge dramatik serialining ikkinchi va uchinchi seriyalarida Beatrice Selfridge rolini amalga oshirgan. U 2016-yilda London qisqa metrajli filmlar festivalida The Earth Belongs to No One dramasidagi ijrosi uchun „Rising Star“ mukofotini qoʻlga kiritadi. Oʻsha yili u Angliyadagi ot sporti maktabi haqidagi Kanada serialida Elaine Wiltshire rolini oʻynadi.
2017-yilda Boden Lifetimeda efirga uzatilgan I Am Elizabeth Smart biografik filmida Elizabeth Smartning yoshlik talqinini gavdalantiradi, buning uchun Boden keyingi yilda Critics' Choice mukofotida televideniye filmi yoki cheklangan seriyadagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasiga sazovor boʻldi.
Boden Hostage Radio, Infamous Six va Uncharted filmlarida paydo boʻldi. 2022-yildan boshlab u Garden of Shadows romani asosidagi Lifetimeda efirga uzatilgan miniserial Flowers in the Attic: The Originda rol ijro etgan. U The Invitation (ilgari The Bride deb nomlangan) va Horrorscope filmlarida boʻlajak rollarga ega.
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2011QueenswayMillieQisqa metrajli filmThe JumperQizQisqa metrajli film2012WitchesJulietQisqa metrajli film2013TerminalQisqa metrajli film2014Spiritual Contact: The MovieJenniferThe Outside InNorahQisqa metrajli film2015The Earth Belongs to No OneSkyQisqa metrajli filmBrash Young TurksPython AgentOliviaOliviaQisqa metrajli film2019Hostage RadioJulia2020Infamous SixCola2022UnchartedZoeThe InvitationLucyKutilmoqdaAnonsHorrorscopeLucyKutilmoqda
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2014-2015Mr SelfridgeBeatrice Selfridge3ta epizod (2-3-mavsumlar)2015DoctorsLucy WhitesideEpizod: „Plus One“HumansCaroline1ta epizod2016WolfbloodNiamh / Holly2ta epizodRideElaine WiltshireBosh rol2017I Am Elizabeth SmartyoshElizabeth SmartTelevizion film2018Hawaii Five-0xonim SophieEpizod: „Ahuwale Ka Nane Huna“2020Alex RiderFiona Friend1ta epizod2021DominaPorciaEpizod: „Treason“2022Flowers in the Attic: The OriginAlicia FoxworthMiniserial
Mukofotlar va nominatsiyalari YilMukofotKategoriyaSarlavhaNatijaHavl.2016London Short Film FestivalRising StarThe Earth Belongs to No One 2018Critics' Choice AwardsBest Actress in a Television Movie or Limited SeriesI Am Elizabeth Smart
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar