Try Entoni Bennett Grant (1975-yil 5-avgustda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik sobiq futbolchi.

Klub faoliyati Bennet Saprissa uchun professional debyutini 1993-yil 3-oktabrda Puntarenasga qarshi oʻtkazgan va faoliyatining asosiy qismida Saprissa tarkibida toʻp surgan. U Gvatemalaning Comunicaciones va USAC jaoalari bilan chet elda qisqa muddatli ishlagan.

U shuningdek, Heredianoda oʻynagan va faoliyatini 2008-yilning yozida qoʻshilgan " Bryusas "da yakunlagan.

Saprissa bilan u toʻrtta milliy chempionat va ikkita CONCACAF chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan va 2005 FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati Toyota kubogida oʻynagan jamoaning asosoiy oʻyinvhilaridan biri boʻlgan, bu yerda Saprissa San-Paulu Futbol klubi va Liverpool FCdan keyin uchinchi oʻrinni egallagan.

Doping nazorati va Istʼefo 2010-yil fevral oyida Bennet 2009-yil dekabr oyida Puntarenasga qarshi chempionat pley-offidan soʻng doping testida deksametazon ijobiy natija berganidan keyin ikki oyga diskvalifikatsiya qilingan.

U 2010-yilning mart oyida nafaqaga chiqgan va bir yildan soʻng uchinchi divizion vakili UNED boshqaruvini qoʻlga olganTry Bennett Grant es el nuevo entrenador de fútbol de la UNED  — UNED.

Xalqaro faoliyati Bennet 1995-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan.

U Kosta-Rika terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning oktabr oyida Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan va jami 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralashining 3 ta oʻyinida himoya qilgan va 2003Qualifying Tournament for Gold Cup 2003 — Details — RSSSF va 2007-yilgi UNCAF Millatlar kubogiUNCAF (Qualifying Tournament for Gold Cup) 2007 — Details — RSSSF hamda 2003-yilgi CONCACAF Oltin kubogiCONCACAF Championship, Gold Cup 2003 — Full Details — RSSSF hamda 2004-yilgi Amerika Kubogida oʻynagan.

Uning soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2007-yil fevralida El Salvadorga qarshi UNCAF Millatlar Kubogi oʻyini boʻlgan.

Xalqaro maydondagi gollar  SanaJoyRaqibNatijaHisobMusobaqa1.29.03.2003Estadio Alejandro Morera Soto, Alajuela, Kosta-Rika2-12-1Oʻrtoqlik oʻyini

Shaxsiy hayoti Uning akasi Jéwisson Bennett ham terma jamoada oʻynagan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar