Gʻazalkent futbol klubi — Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Gʻazalkent shahrining futbol jamoasi.
Tarix Klubga 1993-yilda asos solingan. 5 mavsum (1994—1996 va 1999—2000-yillar) davomida Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan. Jamoa jiddiy muvaffaqiyatlarga erisha olmagan. 2000-yilda „Gʻazalkent“ Oʻzbekiston Birinchi ligasidan chiqib ketgan, shundan soʻng tarqatib yuborilgan.
Gʻazalkent oʻzbek futbolining koʻplab taniqli namoyandalari uchun oʻziga xos tramplinga aylangan. Xususan, boʻlajak FIFA referisi va jahon chempionatlari rekordchisi Ravshan Ermatov, taniqli futbolchi Viktor Karpenko hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov yoshligida ushbu klub safida toʻp surgan.
Qayta tiklash 2025-yilning 19-dekabr kuni klub qayta tashkil etilgani eʼlon qilindi.
Murabbiylar stabi IsmLavozimZayniddin TojiyevBosh murabbiy
Yutuqlar
Oʻzbekiston Birinchi ligasida 7-oʻrin (1995-yil)
Jamoa tarkibi
Joriy tarkib
U21
U19
Yana qarang
Yangiyoʻl (futbol klubi) OKMK Semurgʻ (futbol klubi)
Manbalar
Havolalar
Gʻazalkent (futbol klubi) Footballfacts.ru sayti Gʻazalkent (futbol klubi) Soccer365 saytida Gʻazalkent (futbol klubi) Rasmiy Instagram sahifasi
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Toshkent viloyati futbol klublari Turkum:Gʻazalkent Turkum:1993-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1993-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:2025-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:2025-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar