Anna Theodora Chancellor (27-aprel, 1965-yilda tugʻilgan) – BAFTA va Olivier mukofotlariga nomzod boʻlgan britaniyalik aktrisa.
Biografiyasi Aktrisa Angliyaning Richmond shahrida ser Christopher Chancellorning toʻngʻich oʻgʻli advokat John Paget Chancellor va lord Hyltonning qizi Mary Jolliffelar oilasida tugʻilgan. Chancellorlar oilasi 1432-yildan beri Quothquanda yerga egalik qilgan Shotlandiya janoblari boʻlganBurkeʼs Landed Gentry, eighteenth edition, vol. I, ed. Peter Townend, 1965, p. 130.
Chancellor Somersetda tarbiyalangan va Dorsetdagi qizlar uchun moʻljallangan Rim-katolik maktab-internati Shaftesburydagi St Mary maktabida tahsil olgan. Biroq, oʻn olti yoshida Londonda yashash uchun ketgan va keyinchalik u yerdagi oʻzining dastlabki yillarini „juda dahshatli edi“, deya taʼriflaganTim Lewis, Anna Chancellor: 'My life was chaotic. But itʼs turned out OK' dated 21 August 2011 at theguardian.com. Retrieved 23 October 2016.
Yigirma yoshga kirganidan keyingi dastlabki yillarda, u shoir Jock Scotning (1952-2016) bilan London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasida oʻqiyotganda paytda ishqiy munosabatda boʻladi va Poppy Chancellor (1988-yilda tugʻilgan) ismli qiz farzand koʻradi. Bir necha yil oʻtgach, u Scot bilan munosabarlarini uzadi„Jock Scot, performance poet – obituary“, in The Daily Telegraph online dated 15 April 2016. Retrieved 23 October 2016. U televideniyedagi ilk rolini Jupiter Moonda Mercedes Page rolini, keyinchalik esa, Boddingtons pivosining reklama roligida va Four Weddings and a Funeral (1994) filmida Henrietta („Duckface“ laqabli) rolini ijro etadi.
Faoliyati Chancellor Kavanagh QC serialining 1—3-qismlarida Julia Piper rolini oʻynagan. U, shuningdek, 1995-yilda BBC tomonidan tayyorlangan Pride and Prejudice teleserialida Caroline Bingley rolini va The Hitchhiker's Guide to the Galaxyda (2005-yil) Questular Rontok rollarini oʻynagan. Oʻsha yili u Juliet Shaw rolida BBC One drama teleseriali boʻlmish Spooksning aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. U, shuningdek, The Vice, Karaoke, Cold Lazarus, The Dreamers, Tipping the Velvet va Fortysomething filmlarida rol oʻynagan va Suburban Shootout satirik komediyasida bosh rolni ijro etgan. 2011-yilda u BBCning The Hour triller serialida ikkinchi darajali rolni oʻynadi, buning uchun u Britaniya Akademiyasi Televideniyesi mukofotiga "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa" nominatsiyasida nomzod boʻladiThe Hour at IMDb.
Filmografiyasi +Kalit belgi Hali chop etilmagan kartinalarni bildiradi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1990Killing Dad or How to Love Your MotherBarmaid1993CenturyPolitsiya boʻlimidagi ayol1994Four Weddings and a FuneralHenrietta ʻDuck FaceʼTom and VivWomanStaggeredCarmen SvennipegPrincess Carabooxonim Peake1997FairyTale: A True StoryPeter PanThe Man Who Knew Too LittleBarbara Ritchie1999HeartNicola Farmer2001CrushMolly Cartwright2003What a Girl WantsGlynnis PayneThe DreamersOnaConfusedQisqa metrajli film2004Agent Cody Banks 2: Destination Londonxonim Josephine Kenworth2005The Hitchhiker’s Guide to the GalaxyQuestular RontokFeederDoktorQisqa metrajli filmThe Best ManDana2006Breaking and EnteringKate2007St. TriniansMiss Bagstock2010Critical EyeLaura2012More Afraid of YouLucyQisqa metrajli film2011Hysteriaxonim Bellamy2012More of YouLucyQisqa metrajli film2013How I Live NowAunt PennConfessions of an Alien AbducteeNarratorNoël Coward’s Private LivesAmanda Prynne2014Death Knight Love StoryMiriaOvozli rolTestament of Youthxonim Leighton2016The CarerMillyThis Beautiful FantasticBramble2017Love of My LifeGrace2018The Happy Princexonim ArbuthnotBenjaminTessaNativity Rocks!Clara Hargreaves2019For Love or MoneyCarol2020Come AwayEleanor MurrowFilm2022Mrs Harris Goes to Parisxonim Dant2022Stromboli
Manbalar
Havolalar
Anna Chancello bbc.co.uk Spooks rasmiy veb-saytida Anna Chancellor sahifasi Anna Chancellor The Huffington Post nashriga bergan video intervyusi
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar