Antonia Sophia E. Clarke (24-may, 1995-yil, London, Angliyada tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Altar (2014) dahshatli filmidagi Penny Hamilton roli bilan mashhur. Aktrisa, shuningdek, Les Misérables (2012) musiqiy filmida,Magic in the Moonlight romantik komediyasida (2014) va BBC Two telekanalining The Thirteenth Tale (2013) telefilmida suratga tushgan.

Yoshligi va taʼlimi Antonia Clarke Hammersmithda tugʻilgan va Gʻarbiy Londondagi Brackenbury qishlogʻida oʻsib ulgʻaygan. 15 yoshida Clarke Berkshiredagi Downe House internat maktabida tahsil olgan. Aynan shu yerda u aktrisa boʻlishga qaror qiladi. U Londondagi Goldsmiths universitetida Sanʼat tarixi yoʻnalishi boʻyicha va Oksford universitetida esa shu yoʻnalishning magistraturasida tahsil olgan.

Faoliyati Clarke birinchi marta 2011-yilda Britaniyaning M.I. High serialida paydo boʻlgan. Uning filmlardagi debyut roli 2012-yilda Les Misérables nomli epik musiqiy drama filmida suratga tushganida boʻladi va ushbu kartinada aktrisa Lovely Ladies qoʻshigʻini ijro etgan. Uning birinchi asosiy roli Olivia Colman va Sophie Turner bilan birga James Kentning 2013-yilda suratga olingan The Thirteenth Tale dramatik filmida Yosh Emmeline rolida chiqadi.

2014-yilda u Woody Allenning Magic in the Moonlight filmida „Wei Ling Sooning yordamchisi“ sifatida paydo boʻladi. Clarkening aytishicha, unga rol taklif qilinganidan "hayajonlangan" va Woody Allen bilan uchrashish "aql bovar qilmaydigan" edi. Shuningdek, 2014-yilda u Nick Willing tomonidan boshqariladigan Altar filmida paydo boʻldi. Filmni suratga olish jarayoni „intim“ deb taʼriflangan. Klark „Penny Hamilton“ rolini oʻynagan. Klark Sky Atlantic va HBO miniserialida Catherine the Greatda Maria Feodorovna rolini ijro etgan

Shaxsiy hayoti Clarkening Jackadoodle zotli iti bor. U oʻzining sevimli kitoblari Harper Leening To Kill A Mockingbird va Patti Smithning Just Kids kitoblari ekanligini aytgan„Antonia Clarke: Interview – UCL’s Arts and Culture Journal“ . Savage Journal. Retrieved 25 May 2019..

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2011The Long AbsenceAliceQisqa metrajli film2012Les Misérables'Lovely Ladiesʼ ansambl2012WildLauraQisqa metrajli film2013MindscapeSusan Merrick2013The Thirteenth TaleYosh Emmeline2014Magic in the MoonlightWei Ling Sooning yordamchis2014AltarPenny Hamilton2015Out for a WalkAnna2017The HoltRoseQisqa metrajli film2018Teen SpiritAlice2021All My Friends Hate MeClaire2022Book of LoveAllison

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2011M. I. HighRicki1ta epizod2012SkinsCarly1ta epizod2012Holby CityLucy1ta epizod2012A Motherʼs SonJess2ta epizod2012Paradeʼs End16 yoshli maktab oʻqituvchisi1ta epizod2013LightfieldsLucy5ta epizod2014Law & Order: UKAnna Sands1ta epizod2014The Great FireFrances Stewart2ta epizod2016Stan Leeʼs Lucky ManSasha Terekhova1ta epizod2016Agatha RaisinBeth Fortune1ta epizod2016LovesickFrankie1ta epizod2018EndeavourRuth Astor1ta epizod2019Catherine the GreatPrincess Sophia2ta epizod2020I May Destroy YouEmilyEpizod: „Happy Animals“2021The Girl BeforeAlyssia2ta epizod2022The Serpent QueenMary, Queen of ScotsBosh rol

Sahnalarda YilSarlavhaRolIzohlar2018The FlickRoseMichael Pilch Studio, Oxford

Manbalar

Havolalar

Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar