Amiriy koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha XVI asrdan beri mavjud boʻlib, manbalarga koʻra, Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1557—1598) guzar masjidi qurilishi boshlanganda, birinchi gʻishtni oʻz qoʻli bilan qoʻygan. Koʻcha nomi shundan olingan. Mazkur koʻcha nomi 1837—1838-yillarda tuzilgan vaqf hujjatida uchraydi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari