Margate Futbol klubi, dastlab Margate Town deb nomlangan, Kentning Margate kurortida joylashgan ingliz futbol klubi. Klubning birinchi jamoasi Isthmian Ligasida oʻynagan. Klub 1980-yillarda Thanet United nomi bilan tanilgan.

Klub 1896-yilda tashkil etilgan va 1933-yilga kelib Janubiy futbol ligasiga qoʻshilgan, ikkinchi jahon urushidan keyin Kent ligasida oʻynagach, jamoa 1959-yilda Janubiy ligaga qaytadi va 2001-yilgacha Angliya ligasidan tashqari futbolning eng nufuzli darajasi Futbol Konferensiyasiga koʻtarilgunga qadar ligada qoladi. Hartsdown Park stadioni 1929-yildan beri „Margate FC“ ning uyi boʻlib kelgan, oʻsha yili parkning oʻzi jamoatchilik uchun ochiq deb eʼlon qilingan.

„The Gate“ („Darvoza“) laqabli jamoa shu kunga qadar ikki marta Angliya kubogining uchinchi bosqichiga qadar yetib kelgan. Ikkinchi oʻyinda ular birinchi divizion jamoasi va UEFA kubogining amaldagi sohibi „Tottenham Hotspur“ bilan oʻynashgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cc/MargateFC1901_%28cleaned-up%29.jpg/250px-MargateFC1901_%28cleaned-up%29.jpg|right|thumb|250x250px| Margate jamoasining 1901-1902-yilgi mavsumdagi fotosurati

Qoʻllab-quvvatlovchilar jamoasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c2/Margator_in_2007.jpg/220px-Margator_in_2007.jpg|right|thumb|Margate mascot Margator 1920-yillarda Hartsdown Parkda 3000 kishidan oshiqroq boʻlgan qoʻllab-quvvatlovchi fan-klub jamoasi toʻplangan, ammo ular hozirgi zamonaviy davrdagi tomoshabinlardan ancha farqlanar edi. 2017—2018-yilgi mavsumning oʻrtalarida jamoa fan klubingning oʻrtacha tashrifi 507 nafarni tashkil etgan. Bu Isthmian Liga Premier-divizionida Dulwich Hamlet va Billerikey Towndan keyin uchinchi eng yuqori koʻrsatkich edi. 2001, 2002, 2003, 2004-yillardagi Konferensiya Milliy jamoasidagi uch mavsumi davomida klubga tashrif buyuruvchilarning oʻrtacha soni 1233, 684, va 562 tani tashkil etgan.

Klubda faol koʻngillilar uyushmasi mavjud. Muxlislar 2005-yilda stadionni klubning qaytishi uchun tayyorlashda faol ishtirok etishgan.

Hozirgi xodimlar

2022-yil 22-iyul holatiga koʻra

Lavozim Ism Rais Ricky Owen Direktorlar Steve Albon, Dan Winsbury Ijrochi boʻlmagan direktorlar Sarah Higgs, Ryan Day Klub kotibi Alan Anstice Menejer Andy Drury Bosh menejer Deny Wilson

Muvaffaqiyatlari Hurmat Yil(lar) Istmian ligasiPremier-divizion play-off gʻoliblari 2014—2015 Janubiy liga Premier-divizion chempionlari 2000—2001 Janubiy ligaBirinchi divizion chempionlari 1962—1963 Janubiy ligaBirinchi divizion (Janubiy) chempioni 1977—1978 Janubiy ligaMarkaziy boʻlim chempionlari 1935—1936 Janubiy ligaSharqiy boʻlim chempionlari 1935—1936 Janubiy ligaHafta oʻrtasida boʻlim chempionlari 1936—1937 Janubiy liga kubogi gʻolibliklari 1967—1968, 1997—1998 Kent ligasi chempionlari 1932—1933, 1937—1938, 1946—1947, 1947—1948 Kent Liga kubogi gʻolibliklari 1947—1948, 1953—1954 Kent kattalar kubogi gʻolibliklari 1935—1936, 1936—1937, 1973—1974, 1993—1994,1997—1998, 2002—2003, 2003—2004, 2004—2005 Manbalar

Turkum:Angliya futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:1896-yilda tashkil etilgan futbol klublari