Mirakon koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Mazkur atama mira – „xoja“, „buzurg“, „ulugʻ“ maʼnosini bildiradi. Mirakon koʻplikda ulugʻlar, yaʼni ulugʻ kishilar yashaydigan joy maʼnosini anglatadi. Mazkur mahalla ahli koʻpincha kafshdoʻzlik bilan shugʻullangan. Unda masjid, xonaqoh, hovuz mavjud boʻlgan. 1912-yilda koʻcha nomi rasmiylashtirilgan vaqf hujjatida qayd etilgan.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari