thumb|Dorsa Derakhshani Dorsa Derakhshani (() 1998-yil 15-aprelda tugʻilgan) — amerikalik shaxmatchiPlayer transfers in 2017 . FIDE.. U 2016-yilda ayol grossmeyster va xalqaro shaxmat ustasi unvonlariga sazovor boʻlgan.

Taʼlim Derakhshani 2022-yilda „Sent-Luis universitetining Magna Cum Laude“ni tamomlagan. Hozirda u Missuri universiteti, tibbiyot fakultetiga qabul qilingan.

Faoliyati Dorsa Derakhshani 2012-yilda (U14 qizlar divizionida), 2013-yil va 2014-yilda (U16 qizlar oʻrtasida) shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi. U 2012-yil va 2014-yillarda "Osiyo Millatlar Kubogi"ning ayollar divizionida Eron terma jamoasida oʻynagan.

Derakhshani 2016-yilda FIDE murabbiyi unvoniga ham ega boʻlganDorsa Derakhshani’s FIDE card va FIDE akkreditatsiyasidan oʻtgan murabbiy hisoblanadi.

Derakhshani 2019-yil iyul oyida, Germaniyaning München shahridagi TedxTalk anjumanida maʼruzachi boʻlgan. U „TEDxYouth@München“da tinglovchilarga „Tanlash erkinligiga jiddiy yondashing“ mavsusida maslahat berdi.

Eron shaxmat federatsiyasi bilan ziddiyat 2017-yil fevral oyidaChess prodigy moves west to play hijab-free, The Australian, October 10, 2017, Eron shaxmat federatsiyasiIranian Chess Federation Derakhshani 2017-yilgi Gibraltar shaxmat festivalida oʻynaganidan soʻng, „milliy manfaatlar“ tufayli Eron terma jamoasida oʻynash yoki Erondagi har qanday turnirda ishtirok etishni taqiqlagan edi. U allaqachon Ispaniyaning vaqtinchalik rezidenti edi. Uning FIDE ustasi boʻlgan 15 yoshli ukasi Borna ham xuddi shu turnirning birinchi davrasida isroillik grossmeyster Aleksandr Xuzmanga qarshi oʻynagani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Derakhshani bungacha bir nechta turnirlarda hijobsiz ishtirok etganIran bans teenage chessplayers for „harming national interests“, ChessBase, 21 February 2017. Derakhshani OAV eʼtiboriga javoban faqat bitta intervyu berdi. U, shuningdek, 2017-yil oxirida The New York Times uchun maqola yozdi.

Qoʻshma Shtatlardagi faoliyati Taqiqlanganidan soʻng, Derakhshani Sent-Luis universitetida biologiyani tibbiy yoʻlda oʻrganish uchun joy oldi, Sent-Luis universiteti shaxmat jamoasida oʻynash uchun stipendiya yutib oldi va Sent-Luis ayol jamoasi sardorligini oldi (2019—2022-yillar). Shu sababdan, Derakhshani 2017-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasida oʻynay boshlagan. Sent-Luis shaxmat jamoasi 2017-yilgi Panamerika kollejlararo shaxmat chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U 2018-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha, AQSh chempionatida ishtirok etdi va oxirgi oʻrinni egalladiSaint Louis Chess Club, Pairings & Results — 2018 Womenʼs Championship , uschesschamps.com, April 2018. 2019-yilda u Xitoyning Tyanjin shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon nufuzli universitet shaxmat tanlovida bronza medalini qoʻlga kiritish uchun oʻz jamoasiga hamroh boʻldi va u yakka tartibda turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi. U 2020-yilgi ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.

Derakhshanining eng yuqori reytingi 2016-yil iyul oyida 2405 ballda edi.

Manbalar

Havolalar Dorsa Derakhshani 365Chess.com Dorsa Derakhshani Olimpbase.org Powerplay Chess tomonidan qisqacha intervyu (youtube) Shaxmatdan tashqari — Marcus Lammersning intervyusi Nega men Amerikada shaxmat o‘ynash uchun Eronni tark etdim — Dorsa Deraxshanining New York Times gazetasida nashr etilgan maqolasi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari