Padmini Rout (; 1994-yil 5-yanvarda tugʻilgan) – hindistonlik ayol shaxmatchi. U xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. Padmini 2014—2017-yillarda ketma-ket toʻrt karra Milliy Ayollar Premier-ligasi chempioni va 2018-yilgi ayollar oʻrtasida Osiyo chempioni hisoblanadi.

Rout 2007-yil uchun Biju Patnaik Sport mukofoti va 2009-yilda Ekalavya mukofoti bilan taqdirlangan.

Faoliyati 2005-yilda Rout Nagpurda 11 yoshgacha boʻlgan qizlar uchun boʻlgan turnirda birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2006-yilda u 13 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Hindiston chempioni va 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻlganPersonalities: Padmini Rout. Orisports.com. Rout 2008-yilda shaxmat boʻyicha Osiyo va jahon chempionatining 14 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida gʻolib boʻlgan. Keyingi yili oʻsmir (20 yoshgacha) qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida birinchi oʻrinni egalladiAsian Junior Girls Chess Championship 2009. chess-results.com.. 2010-yilda Rout Hindiston oʻsmir (U19) qizlar chempionatida gʻolib boʻldi va OsiyoAsian Junior Girls Chess Championship 2010. chess-results.com. oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdiWorld Junior Girls Championship 2010. chess-results.com..

2011-yilda ayollar oʻrtasidagi Osiyo individual chempionatida u 2—6-oʻrinlarni egallaganAsian Individual Women Chess Championship 2011. chess-results.com. va 2018-yilda gʻolib chiqqan. Rout 201441st National Women Premier Chess Championship-2014. chess-results.com., 2015, 2016 va 2017-yillarda Hindiston ayollar chempionatida gʻolib boʻlgan. 2015-yilda u ayollar oʻrtasidagi Hamdoʻstlik oʻyinlari chempioni boʻldi.

Rout Hindiston terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasi, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan jamoaviy jahon chempionati va shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida ishtirok etgan. U 2014-yili Norvegiyaning Tromso shahrida boʻlib oʻtgan ayollar shaxmat Olimpiadasida zaxira taxtasida oʻynab, individual oltin medalni qoʻlga kiritdiWomenʼs Chess Olympiads: Rout Padmini. OlimpBase.. Rout 2016-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida va 2018-yilda Gruziyaning Batumi shahrida boʻlib oʻtgan Shaxmat olimpiadalarida Hindiston ayollar terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Padmini Rout Odishaning Barambagarx shahrida tugʻilganWIM title application . FIDE.IM title application. FIDE.. Uning otasi doktor Ashok Kumar qizining shaxmat oʻyiniga boʻlgan ishtiyoqi tufayli 9 yoshida (2003) shaxmat toʻgaragiga bergan. U Chandrasekharpurdagi DAV davlat maktabida oʻqigan va Bhubanesvardagi BJB kollejini tijorat yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.

Yutuqlari

2005-yilda Nagpurda 11 yoshgacha boʻlgan milliy qizlar turnirida ilk gʻalabasiga erishgan, shuningdek, Kalkuttadagi 13 yoshgacha boʻlgan milliy qizlar turniri gʻolibi 2014-yil Tromsodagi ayollar olimpiadasida zaxira taxtasi uchun shaxsiy oltin Osiyo qitʼa ayollari 2018 musobaqasida oltin Ketma-ket toʻrt karra Ayollar Premier-ligasi chempioni (2014—2017) Hindiston terma jamoasi uchun 2014-yilgi Osiyo Millatlar Kubogida blitsda oltin, Rapid va klassik formatda kumush Hindiston terma jamoasi uchun Osiyo Millatlar Kubogi-2018da Gold in Blits, Rapidda kumush va klassik formatda bronza 2006 va 2008-yillarda mos ravishda 12 yoshgacha boʻlgan osiyolik qizlar va 14 yoshgacha boʻlgan qizlar turnirlarida oltin 2009-yilda Osiyo oʻsmirlar (20 yoshgacha) qizlar oʻrtasida oltin, 2010-yilda bronza 2015-yilda Hamdoʻstlik ayollari turnida oltin 2008-yilda 14 yoshgacha boʻlgan jahon yoshlari oʻrtasida oltin 2010-yilgi Jahon yoshlar musobaqasida bronza 2017-yilgi Osiyo qitʼa ayollar blitsi oʻyinlarida bronza 2017-yilda Hindiston terma jamoasi uchun Rapid boʻyicha Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida bronza 2010-yilda Milliy oʻsmir qizlar musobaqasi gʻolibi 2007-yil uchun Biju Patnaik Sport mukofoti 2009-yilda Eklavya mukofoti sovrindori

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar