thumb|Nana Ioseliani Nana Ioseliani (; 1962-yil 12-fevralda tugʻilgan) — gruziyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 1980-yilda ayol grossmeyster, 1993-yilda esa xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.
Faoliyati 1978-yilda u, Buenos-Ayresdagi 23-shaxmat Olimpiadasida sovet ayollari jamoasida ishtirok etishi kerak edi. Biroq, butun jamoa gruziyalik oʻyinchilardan iborat edi va Sovet rasmiylari Ioseliani — Rossiyada tugʻilgan shaxmatchiga almashtirdi. Ioseliani 24—25-Olimpiadalarda Sovet jamoasida edi. Keyinchalik u 30—32-Shaxmat Olimpiadasida Gruziya jamoasiga qoʻshildi. Uning jamoasi besh marotaba oltin medalni qoʻlga kiritdi. Keyingi uchta olimpiadada ham qatnashdi. Gruziya ushbu Olimpiadalarda, 3-oʻrin, 2-oʻrin va 4-oʻrinlarda yakunlanadi. Uning shaxsiy hisobi 88 oʻyindan 65 ochkoni (49 ta gʻalaba, 32 ta durang, 7 ta magʻlubiyat) tashkil etdi.
U 1979—1980-yillarda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining gʻolibi boʻlgan. U ikki marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun nomzodlar turnirida gʻolib chiqqan. 1988-yilda u, amaldagi chempion Mayya Chiburdanidzega qarshi chiqdi va 8½: 9½ (+2, =11, −3) hisobida yutqazdi. 1993-yilda u Xie Jun bilan oʻynadi va 2½: 8½ hisobida yutqazdi.
U toʻrt marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida Sovet chempioni boʻlgan. Ioseliani, shuningdek, 1997-yilda shaxmat boʻyicha jahon jamoaviy chempionatida Gruziya terma jamoasida oʻynagan va 2 bortda 1½/7 ball toʻplagan.
2003-yildan beri Ioseliani shaxmat oʻynashdan tanaffus oldi va Pragada tadbirkorlik qilmoqda.
2021-yilda Ioseliani Nana Aleksandriya, Nona Gaprindashvili va Mayya Chiburdanidze bilan birga „Qirolichaga shon-sharaf“ hujjatli filmida suratga tushdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar