Ahmed Kutucu (2000-yil 1-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, markaziy hujumchi 2- Bundesliga klubi SV Sandhausenga, Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubidan ijaraga olingan. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasi vakili.

Klubdagi faoliyati Kutucu oʻzining yoshlik faoliyatini 2003-yilda Sportreunde Haverkamp bilan boshlagan, 2006-yilda Rot-Vays Essenning yoshlar jamoasiga oʻtgan. 2011-yilda u „Schalke 04“ning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

2018-yil 11-dekabr kuni Kutucu „Schalke“ safida UEFA Chempionlar ligasida ilk debyutini oʻtkazgan va Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi oʻyinda Sedrik Teuchertning oʻrniga 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. U Bundesligadagi ilk golini 2018-yilning 22-dekabrida Shtutgartga qarshi safarda urgan. Oʻsha oʻyinda Kutucu 73-daqiqada Yevgeniy Konoplyankaning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan va hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirib jamoasi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan.

2021-yil 21-yanvarda Kutucu Eredivisie klubi Herakles Almeloga mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.

2021-yilning 4-iyulida Kutucu Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubiga oʻtgan

2022-yil 12-yanvarda Kutucu 2-Bundesliga klubi SV Sandhauzenga qoʻshilishga rozi boʻlgan. Bundesliga klubi bilan mavsum oxirigacha ijara shartnomasi imzolanagan.

Xalqaro faoliyati Kutucu 2017-yilda Hindistonda boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2017-yilning 6-oktyabr kuni guruhdagi birinchi oʻyinda debyut qilgan va 18-daqiqada Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinda boshi bilan gol urib Turkiyaga terma jamoasiga 1:1 hisobidagi durangga erishishga yordam bergan. U Turkiyaning qolgan ikkita oʻyinida ishtirok etgan va ular guruh bosqichidan musobaqani tark etishgan. Keyingi yili u 2018-yilda Finlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Turkiya terma jamoasiga kiritilgan. U Turkiya terma jamoasi safida uchta oʻyinda ham maydonga tushgan, jamoa guruh bosqichidan musobaqani tark etgan.

Faoliyat statistikasi

thumb|290px Klub + Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol "Schalke 04" 2018-19 Bundesliga 13 2 2 1 1 0 16 3 2019-20 Bundesliga 25 3 3 0 - 28 3 2020-21 Bundesliga 7 0 1 0 - 8 0 Jami 45 5 6 1 1 0 52 6 Herakles Almelo (ijara) 2020-21 Eredivizion 15 0 - - 15 0İstanbul Başakşehir 2021-22 Superliga 4 0 1 1 - 5 1 SV Sandhauzen (ijara) 2021-22 2. Bundesliga 10 1 - - 10 1 2022-23 2. Bundesliga 0 0 0 0 - 0 0 Jami 10 1 0 0 - 10 1 Karyerada jami 74 6 7 2 1 0 82 8

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Turkiya 2019 1 0 2020 1 0 Jami 2 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar