Stacy Galina (1966-yil 24-sentabrda tugʻilgan) – amerikalik zargar va sobiq aktrisa. U CBS telekanali efirga uzatgan Knots Landing serialidagi Kate Whittaker va Mary-Frances Sumner rollari bilan tanilgan.

Yoshligi Galina Maryland shtatining Baltimor shahrida tugʻilgan va New Yorkdagi Amerika balet maktabi va Amerika balet teatrida tahsil olgan, shuningdek, Atlanta Balletda uch yil davomida raqsga tushgan. Oilada yolgʻiz farzand. Galinaning asl orzusi professional raqqosa boʻlish edi, ammo yetti yoshida bolalikdagi jarohati tufayli nogironlar aravachasida vaqtincha foydalanishi uni bunday istiqbollardan voz kechishga majbur qildi.

Faoliyati Keyinchalik, Galina aktrisalik faoliyatini boshladi. 1989-yilda Big Man on Campus nomli komedik filmida kichik qismda oʻzining dastlabki debyutini amalga oshirdi. Shundan soʻng, David Jacobsning Paradise serialida, Knots Landing filmida rol oʻynashdan oldin, paydo boʻldi. Dastlabki maxsus mehmon rolini 1990-yilda Mary Frances Sumner obrazini gavdalantirish orqali amalga oshiradi. Oʻzi qatnashgan serialning soʻnggi uch mavsumida Kate Whittaker rolida oddiy aktyorlar tarkibida ham harakat qilgan. U 1997-yilda Knots Landing: Back to the Cul-de-Sac " filmida Kate rolini takrorladi.

Galina Daddy's Girls (CBS, 1994-yil), Lost on Earth (USA Network, 1997-yil), Alright Already (The WB, 1997—1998-yillar) hamda Hidden Hills (NBC, 2002—2003-yillarda) kabi bir qator qisqa muddatli sitkomlarda muntazam rollarni ijro etgan. Aktrisa, shuningdek, Party of Five, Friends, Will & Grace, Boston Legal kabi filmlarida maxsus mehmon rolida ishtirok etadi.

Shaxsiy hayoti Galina 2011-yilda aktrisalik faoliyatini yakunladi. Chunki u koʻpincha, satrlarni yodlashda va maxsus qoidalarga rioya qilishda qiynalardi. Buning oʻrniga u kun davomida bor vaqtini qimmatbaho buyumlar savdosi – zargarlik bilan shugʻullanishga sarflay boshladi

Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol 1989 Mike Hammer: Murder Takes All Amy Durant 1990 The Magical World of Disney Jill 1989-1990 Paradise Frankie 1990-1993 Knots Landing Kate Whittaker / Mary-Frances Sumner 1994 Daddy’s Girls Amy 1995 Party of Five Maggie Beaton 1997 Lost on Earth Sherry Greckin 1997 Knots Landing: Back to the Cul-de-Sac Kate Whittaker 1997-1998 Alright Already Jessica Lerner 1999 It's Like, You Know... Maggie 2000 Friends Julie Graff 2002 What I Like About You Sheila 2001-2002 Providence Allison Hoffman 2003 Nomsiz Howie Mandel loyihasi 2002-2003 Hidden Hills Pam Asher 2004 Will & Grace Debbie 2006 Boston Legal Jody Young (Young bu familya) 2007 Notes from the Underbelly Marie 2011 Love Bites Kindra

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar