thumb|250px|Alan Budikusuma Alexander Alan Budikusuma Wiratama (1968-yil 29-martda tugʻilgan, : Goei Djien Phang sifatida) — 1980-yillarning oxiridan 1990-yillarning oʻrtalarigacha jahon darajasida muvaffaqiyat qozongan sobiq indoneziyalik badmintonchi.
Faoliyati 1991-yilda Kopengagenda boʻlib oʻtgan IBF boʻyicha jahon chempionatida xitoylik Zhao Jianhuadan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Alan Barselonada 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarining yakkalik bahslarida hamyurti Ardy Wiranatani finalda magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uning ushbu yutugʻi bilan birga oʻsha paytdagi jamoadoshi Susi Susantining oltin medali Indoneziya uchun mamlakatning 50 yillik tarixida birinchi Olimpiada oltin medallarini qoʻlga kiritilishi edi. 1992-yil avgust oyida Susi Susanti va Alan Budikusuma oʻz mamlakatlariga qaytib, ikki soatlik paradni qabul qilishganda, 500,000 dan bir milliongacha indoneziyaliklar Jakarta koʻchalarida ularni sharaflab saf tortdilar. Gʻarbiy Java gubernatori Yogie S. M. gʻalabasidan keyin unga Gʻarbiy Java faxriy fuqaroligini berdi.
Alanning oʻtkazgan oʻyinlari tarkibiga Tailand ochiq turniri (1989, 1991), Xitoy ochiq turniri (1991), Germaniya ochiq turniri (1992), Indoneziya ochiq turniri (1993), Jahon chempionati (1993) va Malayziya ochiq turniridagi (1995) yakkalik bahslari misol boʻladi. Budikusuma 1996-yilda jahon chempioni Indonesian Thomas Cup jamoasi aʼzolaridan biri boʻlgan.
Shaxsiy hayoti U badminton boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sovrindori (1992-yilda) Susi Susanti bilan turmush qurgan. Ularning 1999-yilda tugʻilgan Lourencia Averina, 2000-yilda tugʻilgan Albertus Edward va 2003-yilda tugʻilgan Sebastianus Frederick ismli uchta farzandi bor. Alan va Susining Jakarta Utarada badminton klubi bor. Alan Budining Yohan Hadikusuma ismli ukasi boʻlib, u ham badminton bilan shugʻullanadi, lekin Yohan Gonkong vakili boʻlib oʻyinlarda ishtirok etadi.
Yutuqlari Olimpiada oʻyinlari
Erkaklar yakkalik oʻyinlari
YilOʻtkazilgan joyRaqibHisobNatija1992Pavelló de la Mar Bella, Barcelona, Ispaniya Ardy Wiranata15–12, 18–1316x16px Oltin
Jahon chempionatlari Erkaklar yakkalik oʻyinlari Yil Oʻtkazilgan joy Raqib Hisob Natija 1991 Brondby Arena, Kopengagen, Daniya Chjao Jianxua 13–18, 4–15alt=Silver|Kumush Kumush
Jahon chempionati Erkaklar yakkalik oʻyinlari Yil Oʻtkaziladigan joyi Raqib Hisob Natija 1995 Istora Senayan, Jakarta, Indoneziya Joko Suprianto 7–15, 15–11, 8–15alt=Silver|Kumush Kumush 1993 Indira Gandi Arena, Nyu-Dehli, Hindiston Joko Suprianto 15–8, 17–16alt=Gold|Oltin Oltin 1987 Stadium Negara, Kuala-Lumpur, Malayziya Chjao Jianxua 13–18, 4–15alt=Bronze|Bronza Bronza
Osiyo oʻyinlari Erkaklar yakkalik oʻyinlari Yil Oʻtkaziladigan joy Raqib Hisob Natija 1990 Pekin Gymnasium, Pekin, XitoyYang Yang 14–17, 8–15alt=Bronze|Bronza Bronza
IBF Jahon Grand Prisi Jahon badminton Grand Prisi 1983-yildan beri Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) tomonidan tasdiqlangan.
Erkaklar yakkalik oʻyinlari YilTurnirRaqibHisobNatija1997Vietnam Open Chen Gang6–15, 15–9, 3–15 2-oʻrin1995Hong Kong Open Hariyanto Arbi18–13, 13–15, 4–15 2-oʻrin1995Malaysia Open Ardy Wiranata15–5, 15–8 Gʻolib1994Grand Prix Finals Ardy Wiranata15–9, 7–15, 5–15 2-oʻrin1994China Open Ardy Wiranata15–10, 15–12 Gʻolib1994Denmark Open Poul-Erik Høyer Larsen18–17, 4–15, 10–15 2-oʻrin1993Dutch Open Poul-Erik Høyer Larsen15–11, 5–15, 11–15 2-oʻrin1993German Open Thomas Stuer-Lauridsen5–15, 2–15 2-oʻrin1993Indonesia Open Fung Permadi15–10, 14–17, 15–4 Gʻolib1992Grand Prix Finals Rashid Sidek9–15, 15–5, 7–15 2-oʻrin1992Thailand Open Joko Suprianto10–15, 15–10, 10–15 2-oʻrin1992German Open Joko Suprianto15–11, 15–2 Gʻolib1992Korea Open Wu Wenkai7–15, 11–15 2-oʻrin1991China Open Zhao Jianhua7–15, 15–5, 15–12 Gʻolib1991Thailand Open Sompol Kukasemkij14–17, 15–1, 15–10 Gʻolib1990Thailand Open Sompol Kukasemkij11–15, 13–18 2-oʻrin1989Dutch Open Eddy Kurniawan15–7, 15–12 Gʻolib1989Thailand Open Sompol Kukasemkij17–14, 15–8 Gʻolib1989Swedish Open Morten Frost4–15, 4–15 2-oʻrin
IBF Grand Pri turniri IBF Grand Pri final turniri
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Xitoy badmintonchilari Turkum:Indoneziya badmintonchilari