Vadim Pavlovich Zaxarov (1896-yil 21-mayda, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasida tugʻilgan — 1983-yil 18-martda Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — rus va sovet olimi, texnika fanlari doktori (1945-yil), professor (1950-yil), Qozogʻiston SSR Milliy Fanlar akademiyasi akademigi (1958-yil), Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961-yil).

Biografiyasi

1923-yili Moskva elektrotexnika institutini tugatgan;

1924-1926-yillarda Turkvodxoz (Oʻrta Osiyo xalqlarining Amudaryo

va Sirdaryo suv resurslarini boshqarish boʻyicha birinchi qoʻshma tashkilot) muhandisi;

1929-yilgacha UzVSNX (OʻzXalq xoʻjaligi oliy kengashi) ruxsati bilan energetika muhandisi;

1929-1932-yillarda Qodiryastroy bosh muhandisi;

2 yildan soʻng Chirchiqqurilish elektromexanika boʻlimi boshligʻi;

1934-1937-yillarda „Oʻzenergoloyiha“ bosh muhandisi; 1944-1962-yillarda katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri; 1962-1978-yillarda Qozogʻiston energetika ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi; 1978-yildan Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi (Toshkent) sifatida faoliyat olib borgan.

Professor 1983-yilning 18-marti (86 yosh)da Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan..

Akademik Vadim Pavlovich Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston Respublikalarida kompleks gidroelektrostansiyalar uchun suv xoʻjaligi va energetika-iqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasi, elektrlashtirish va gidroenergetika boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqqan.

Kamtarona mehnatlari SSSRning davlat mukofoti – „Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni“ va „Shon-sharaf belgisi“ ordeniga munosib koʻrilgan.

Ilmiy ishlari

„Научные основы водохозяйственных и энерго-экономических расчетов ГЭС“, 1949-yil;

„Проблемы общей энергетики и ЕЭС Казахстана“, 1967-yil

Manbalar

Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:18-martda vafot etganlar Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:21-mayda tugʻilganlar Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar