Ceyhun Gülselam (1987-yil 25-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, markaziy himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Turkiya terma jamoasi va Turkiya oliy ligasi vakili „Alanyaspor“ klubida toʻp tepadi.

Klubdagi faoliyati Gülselam koʻplab turk futbolchilari singari SpVgg Unterhachingga qoʻshilishdan oldin Bavariya oʻsmirlar jamoasida sakkiz yil oʻynagan.

Trabzonspor 2008-yilning yozida Ceyhun Trabzonspor jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U Trabzon klubida uch mavsum oʻtkazgach, Istanbulga Galatasaray jamoasida oʻynash uchun yoʻl olgan.

Galatasaroy 2011-yilning 11-iyunida “Galatasaroy” klubi Ceyhunni 2013\14-yilgi mavsum oxirigacha tekinga ijaraga olgan. Ceyhun “Galatasaroy” klubi safidagi ilk golini sobiq jamoasi “Trabzonspor” jamoasi darvozasiga kiritgan.

2013-yilning 10-yanvarida u 200 000 yevro evaziga “Kayserispor” futbol klubiga ijaraga berilgan.

Ceyhun Kayserispor klubidagi ajoyib ijara muddati tugaganidan soʻng Istanbulga Galatasaroy takibiga qaytgan. Biroq, klub uning shartnomasini uzaytirishga harakat qilmagan, futbolchi bilan muzokaralarga kirishilmagan ham. Shu tariqa Ceyhun shartnoma muddati tugagach 2014-yilning 24-iyulida ikki yilga „Gannover“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan.

2018-yilning 4-yanvarida u Turkiya Superligasida “ Osmonlispor ”ga tekinga transfer qilingan.

2018-yil 29-avgustda u Turkiya Oliy ligasi vakili Alanyaspor jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati U 21 yoshgacha boʻlgan Turkiya milliy terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan. 2008-yil 26-mart kuni Turkiya terma jamoasi tarkibida Belarusga qarshi debyut uchrashuvini oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSpVgg Unterhaching2006–0791———912007–0829510——305Jami38610——396Trabzonspor2008–0916252——2142009–1028380—113742010–11251301020311Jami6961621031899Galatasaray2011–1212110——1312012–131021000031Kayserispor (Ijara)2012–1316100——161Jami16100——161Galatasaray2013–14200710040311Jami3311020040473Hannover 962014–1518120——2012015–1612000——120Jami30120——321Karyerada jami18615294107122320

Yutuqlar Trabzonspor

Turkiya kubogi : 2009–10 Turkiya Superkubogi : 2010

Galatasaroy

Superliga : 2011–12 Super Kupa : 2012, 2013 Turkiya kubogi : 2013–14

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar