Hasan Ali Kaldirim (1989-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — Turkiyaning professional futbolchisi, Superligada Istanbul Boshakshehir jamoasining chap qanot himoyachisi. U, shuningdek, xalqaro futbolchi boʻlib, Turkiya U-19, U-20 va U-21 toifalarida oʻynagan.

Ilk yillar Ispartada tugʻilgan Kaldirim uch yoshida futbol oʻynagan. U 1-Bundesligga oʻtishdan oldin TuS Koblenzning yoshlar safida harakat qilgan. „Mainz 05“ bilan Kaldirim oʻrinbosarlar tarkibida 19 ta oʻyinda maydonga tushgam. Uning transferidan olti oy oʻtgach, u yana Kayserisporga qaytgan.

Klublardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/89/Hasan_Ali_Kald%C4%B1r%C4%B1m.JPG/220px-Hasan_Ali_Kald%C4%B1r%C4%B1m.JPG|left|thumb|Hasan Ali Kayserispor tarkibida Kaldirim 2010-yilning 6-fevralida „Kayserispor“da „Galatasaroy“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan„HASAN ALİ KALDIRIM“. tff.org. Retrieved 17 February 2011.. Birinchi mavsumda u oltita oʻyin oʻtkazgan. Ikkinchi mavsumida u muvaffaqiyatga erishgan va 15 oʻyinda maydonga tushgan. „Kayserispor“dagi uchinchi yili Kaldirim muntazam boshlangʻich tarkib oʻyinchisiga aylangan va 33 ta oʻyinda maydonga tushgan. „Kayserispor“dagi yaxshi oʻyini tufayli u Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. U birinchi chaqiruv vaqtida ketma-ket toʻrtta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va yaxshi oʻyin koʻrsatgan. Uning oʻyini Turkiyaning Fenerbahche klubi eʼtiborini futbolchiga qaratgan.

Kaldirim 2012-yilning 22-iyunida „Kayserispor“dan „ Fenerbaxche“ ga 6 million 750 ming yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida kelib qoʻshilgan. U 2012-yil 16-dekabr kuni Superligada „Galatasaroy“ga qarshi liga oʻyinida katta faoliyatidagi ilk golini kiritgan. „Fenerbaxche“dagi birinchi mavsumining birinchi yarmida u jamoaning asosiy chap qanot himoyachisiga aylangan, ammo 2013\14-yilgi mavsumda Mixal Kadlecga joyini boy bergan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/Hasan_ali_fenerbah%C3%A7e.JPG/220px-Hasan_ali_fenerbah%C3%A7e.JPG|right|thumb| Hasan Ali, Fenerbahche bilan oʻyin davomida

Xalqaro faoliyat Kaldirim terma jamoadagi faoliyatini Turkiya U-19 yoshlar jamoasida boshlagan va oʻzining yagona oʻyinida gol urgan. U, shuningdek, U-20, U-21 va A2 darajalarida Turkiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan„HASAN ALİ KALDIRIM“. tff.org. Retrieved 17 February 2011..

Shaxsiy hayoti Kaldirimning bitta uka va bitta singlisi bor, ikkalasi ham futbolchi. U tennis va Formula 1 poygalarini tomosha qilishni yoqtiradi.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokBoshqaYevropaJamoaDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1. FC Kaiserslautern II2007-082. Bundesliga1010000001012008-09331000000331Mainz 05 II2009-102. Bundesliga191000000191Kayserispor2009-10Super Lig60000000602010-113301000003402011-12330300000360Fenerbahçe2012-13Süper Lig2517010904212013-1440101000602014-151307100002012015-162616000603812016-1729030001104302017-182419100303622018-193122000814132019-20180100000190Başakşehir2020-21Süper LigKaryerada jami30484022037138311

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.25.03.2019 Eskishehir stadioni, Eskishehir, Turkiya 1-0 4-0 UEFA Yevro-2020 saralashi

Yutuqlar Fenerbahche

Superliga : 2013-14 Turkiya kubogi : 2012-13 Turkiya Superkubogi : 2014-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar