Jin Yujia (xitoycha: 金羽佳; 1997-yil 6-fevralda tugʻilgan) — singapurlik ayol badmintonchi. U Singapur milliy terma jamoasida doimiy badminton oʻyinchisi sifatida ham xalqaro turnirlarda qatnashadi.
Yoshligi Xanchjou shahrida tugʻilgan Jin Singapurga 2008-yilning boshida, 10 yoshida talaba boʻlish niyyatida kelgan edi, u bu paytda sportchi boʻlishni xayoliga ham keltirmagan. Jin Bedokdagi Yu Neng boshlangʻich maktabida oʻqigan va Tanah Merahdagi Anglican oʻrta maktabida O darajasi imtihonlarini tamomlagan.
Biroq, uning onasi Yang Nianhong badminton boʻyicha sobiq Xitoy milliy jamoasi oʻyinchisi boʻlganligi sababli, Jinni badminton sporti bilan dam olish uchun shugʻullanishga odatlantirgan edi. Oxir-oqibat, Jin badminton bilan jiddiy mashgʻulotlar olib borib, keyinroq yaxshi oʻyinlar ham koʻrsata boshladi. Shunday qilib, uning oʻyinlari Singapur terma jamoasiga doimiy oʻyinchi sifatida qoʻshilishiga turtki boʻldi.
Faoliyati 2016-yilning noyabr oyida Jin Yujia Indoneziya badminton xalqaro musobaqasining ayollar juftlik bahslarida Putri Sari Devid Sitra bilan hamkorlik qilib, yarim finalda 0:2 hisobida (4-21, 13-21) Malayziyaga yutqazdi. Lin Yunru/Ye Zhengwen juftligi bilan birga eng yaxshi oʻyinchi nomiga ega boʻlib, Jin Yujia Hindistonning Haydarobod shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yil Hindiston xalqaro seriyasidagi turnirda oʻzining birinchi katta xalqaro gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 2018-yilgi Mangoliya xalqaro musobaqasida u aralash va ayollar juftlik bahslarida qoʻsh sovringa sazovor boʻldi.
2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Jin bronza medalini qoʻlga kiritdi; shuningdek, Singapur jamoasi Angliyani 3:0 hisobida magʻlub etib, aralash jamoaviy musobaqada bronza medallariga sazovoz boʻldi.
Yutuqlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (4 ta gʻalaba, 3 ta ikkinchi oʻrin) Ayollar juftligi Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2017 Eron Fajr xalqaro turniri Citra Putri Sari Dewi Ren-ne Ong Crystal Wong 8-11, 13-11, 11-7, 8-11, 5-11Ikkinchi oʻrin 2017 Hindiston xalqaro turniri Citra Putri Sari Dewi Lim Ji Lin Yap Zhen 20-22, 21-9, 21-13 Gʻolib 2018 Moʻgʻuliston xalqaro turniri Citra Putri Sari Dewi Gong Xue Xin Ng Veng Chi 21-16, 21-9 Gʻolib 2019 Lao xalqaro turniri Lim Ming Xui Ruethaichanok Laisuan Supamart Mingchua 23-21, 12-21, 21-14 Gʻolib 2022 Italiya xalqaro turniri Crystal Wong Xsu Ya-ching Lin Van-ching 8-21, 8-21 Ikkinchi oʻrin 2022 Denmark Masters Crystal Wong Yeung Nga Ting Yeung Pui Lam 12-21, 17-21 Ikkinchi oʻrin Aralash juftliklar Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Moʻgʻuliston xalqaro turniri Bimo Adi Prakoso Danny Bawa Chrisnanta Crystal Wong 21-11, 22-20 Gʻolib
BWF xalqaro musobaqa turnirlari BWF xalqaro seriya turnirlari
Manbalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Singapur badmintonchilari