Ingrid Larsen (1909-yil 1-iyul — 1990-yil 25-fevral) – daniyalik ayol shaxmatchi, ayol xalqaro usta (WIM, 1950) unvoniga ega. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Daniya chempionatida oʻn yetti karra gʻolib boʻlgan.

Hayoti Ingrid Larsen 1909-yil 1-iyulda Daniyada tugʻilgan. U Daniya ayollar chempionatida koʻp bora gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Daniya terma jamoasi safida ham dona surgan va bir qator muvafaqqiyatli yurishlarni amalga oshirgan. Shaxmatdagi faoliyati 1930-yillarning oxiridan 1980-yillarning boshigacha Ingrid Larsen Daniyadagi yetakchi shaxmatchilardan biri edi. U oʻn yetti marta Daniya ayollar chempionatlarida gʻolib boʻlgan, jumladan: 1936, 1937, 1938, 1939, 1943, 1944, 1945, 1946, 1948, 1949, 1953, 1956, 1957, 1960, 1965, 1969 va 1983-yillardagi musobalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib doimiy ravishda birinchilikni qoʻlga kirtib kelgan. Ushbu muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli ham u koʻplab daniyalik shaxmatchi qizlarning asosiy qahramoni (kumiri) ga aylangan. Hozirga qadar hech kim hali u singari bu qadar koʻp marotaba Daniya chempionligini qoʻlga kiritgan emas.

Ingrid Larsen uch marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va quyidagi natijalarni qayd etgan:

1937-yilda Stokgolmda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 21-22-oʻrinlarga loyiq koʻrildi; 1939-yilda Buenos-Ayresda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 11-oʻrinni egalladi; 1950-yilda Moskvada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 15-oʻringa davogarlik qildi.

Shuningdek, Ingrid Larsen Daniya terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadalarida ham faol ishtirok etgan va quyidagi koʻrsatkichlarga erishgan:

1957-yilda Emmen shahrida boʻlib oʻtgan 1-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi oʻrinni egalladi (+5, =2, −4), 1966-yilda Oberxauzendagi 3-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi bortda oʻynadi (+1, =5, −7), 1969-yilda Lyublindagi 4-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) ikkinchi taxtada oʻynadi (+0, =5, −6), 1976-yilda Hayfa shahrida oʻtkazilgan 7-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) uchinchi oʻrinni egalladi (+4, =4, −4), 1978-yilda Buenos-Ayresdagi 8-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasida) uchinchi oʻrinni egalladi (+6, =3, −5), 1980-yilda Valetta shahridagi 9-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi zaxira taxtasida dona surdi (+1, =3, −6).

1950-yilda Ingrid Larsen FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.

Vafoti Ingrid Larsen 1990-yil 25-fevralda 80 yoshida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1990-yilda vafot etganlar Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Daniya shaxmatchilari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar