Baek A-yeon (1993-yil 11-martda tugʻilgan) — Eden Entertainment ostida faoliyat yurituvchi janubiy koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U K-pop Starning ikkinchi eng faol ishtirokchisi sifatida tanilgan.

Yakkaxon ijrochi sifatida u jami beshta mini-albom va jami oʻnta singl chiqargan, JYP Entertainment bilan shartnomasi 2019-yilda tugaganidan keyin u EDEN Entertainmentga qoʻshilgan.

Faoliyati Baek K-pop Star tanlovining birinchi mavsumida ishtirok etgan. U Park Ji-min va Lee Hi bilan birga eng yaxshi ishtirokchilardan biri edi. Tanlovdan chiqarib yuborilgandan soʻng, unga bir qator koʻngilochar agentliklar murojaat qilishgan va u turli agentliklar bilan shartnoma imzolagan. Oxir-oqibat Baek K-pop Starning JYP hakami orqali JYP Entertainment kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan. Baek 2012-yil 10-sentyabrda oʻzining debyuti Iʼm Baek nomli mini-albomini chiqargan, Ijroda jami beshta trek boʻlib shu jumladan, uning tarkibida „Sad Song“ asosiy singli ham bor edi. 16-sentyabr kuni Baek Inkigayo musiqiy dasturida „Stay“ va „Sad Song“ ijrosi bilan oʻzining rasmiy debyut sahnasini oʻtkazgan.

15-dekabr kuni Baek SBS kanalidagi Cheongdam-dong Alice dramasi uchun „Daddy Long Legs“ nomli birinchi asl saundtrekini (OST) taqdim etgan.

2019-yil 16-sentyabrda Baek A Yonning JYP Entertainment bilan shartnomasi yakunlangani maʼlum boʻlgan. U shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan va kompaniyani tark etgan. 7-dekabr kuni u Eden Entertainmentga qoʻshilganini rasman eʼlon qildi.

2021-yil 13-iyulda Baek A-yeon oʻzining beshinchi mini-albomi „Observe“ni „0 %“ nomli asosiy singli bilan chiqarishi kerak edi, biroq Koreyada COVID-19 holatlari koʻpayganligi sababli kechiktirilgan. Keyinchalik yangi chiqish sanasi 7-sentyabr boʻlishi eʼlon qilingan.

Diskografiyasi

Qoʻshiqlari SarlavhaYilPeak chartSotuvlarAlbomKOR GaonKOR Hot 100"Stay" 20123747 KOR: 136,772+Iʼm Baek"Love, Love, Love."4465 KOR: 81,151+"Always"55— KOR: 70,219+"You’re Leaving" 59— KOR: 68,973+"The First Time I Met You" 201549— KOR: 51,089+투유 프로젝트 — 슈가맨, Pt. 4"Something to Say" 201629— KOR: 102,393+So-So (single)"Screw You" 201781— KOR: 34,548"Bittersweet""Just Friends" 94— KOR: 30,231"Jealousy" 27— KOR: 71,801"Magic Girl" —— KOR: 21,070"—" chartda yoʻqligini bildiradi.

Filmografiyasi

Film YilSarlavhaRolIzohlarHavl.2019Princess AyaPrince Barianimatsion, koreyscha dublyaj, 2022-yilda rasman chiqarilganAnna, Marie

Klipdagi koʻrinishlari Yil Qoʻshiq nomi Ijrochi Rol 2013 Somebody 15& Oʻzi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar