Federico Mattiello (1995-yil 14-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. „Atalanta“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati

Yuventus Lukka shahrida tugʻilgan Mattiello 13 yoshida „Yuventus“ yoshlar jamoasiga qoʻshildi, u yerda toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Mattiello avval Valdottavoda ham oʻynagan edi. U oʻsmirlik paytida isteʼdodli tennischi boʻlgan, lekin sportning futbol turini avzalroq koʻrgan. U 2013-yilda „Yuventus Primavera“ jamoasi bilan Italiya kubogi va Superkubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

2014-yilning 9-noyabrida „Parma“ jamoasini 7:0 hisobida magʻlubiyatga uchratilgan uchrashuvda Mattiello asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi. U ikkinchi boʻlim oxirida Klaudio Markizio oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi. U 2015-yilning fevral oyida koʻproq oʻyin oʻtkazish uchun „Kyevo Verona“ga ijaraga beriladi, biroq 8-mart kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda Radja Nainggolan oyogʻini sindirib olgani sababli uning ijara muddati qisqartirildi. 2015-yilning 3-iyulida „Yuventus“ va „Kyevo“ oʻrtasida kelishuvga erishildi. Unga koʻra Mattielloning keyingi mavsum uchun ijara muddati belgilandi. U 19-oktyabr kuni „Jenoa“ga oʻz uyida 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda maydonga tushdi. Oradan uch kun oʻtib, u mashgʻulotlarda ogʻir jarohat oldi. 2017-yilning iyul oyida Mattiello 2017-18-yilgi mavsum uchun SPALga ijaraga berildi.

Atalanta va ijaralar 2018-yilning 31-yanvarida Mattiello Atalanta bilan shartnoma imzoladi va u uni mavsum oxirigacha SPALda ijarada qoldirilishiga rozi boʻldi. 2018-yilning 20-iyulidan 2019-yilning 30-iyuniga qadar „Atalanta“dan ijara asosida „Bolonya“ga oʻtdi. 23-sentabr kuni u „Roma“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda faoliyatidagi ilk golini kiritdi. 2019-yilning 10-iyulida Mattiello „Kalyari“ga ijaraga asosida oʻtdi. 2020-yil 15-sentabrda u Spezia jamoasiga qoʻshiladi. 2022-yilning 31-yanvarida Mattiello Alessandriyaga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati 2010-yildan beri Mattiello Italiya terma jamoasi safida yoshlar jamoalarida 18 ta oʻyin oʻtkazdi. U 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oltita oʻyin va bitta gol (2010-yil 16-oktabrda Ukrainaga qarshi oʻyin), 17 yoshgacha boʻlganlar bilan sakkizta va 20 yoshgacha boʻlganlar bilan toʻrtta oʻyinni oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Yuventus 2014-15 A seriya 2 0 1 0 - - 3 0 Chievo (ijara) 2014-15 A seriya 3 0 0 0 - - 3 0 2015-16 1 0 0 0 - - 1 0 Jami 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0 SPAL (ijara) 2017-18 A seriya 29 0 2 0 - - 31 0 Boloniya (ijara) 2018-19 A seriya 17 1 2 0 - - 19 1 Kalyari (ijara) 2019-20 A seriya 18 0 0 0 - - 18 0 Faoliyatidagi jami 70 1 5 0 0 0 0 0 75 1

Yutuqlar Yuventus Primavera

Primavera Italiya kubogi : 2012-13 Supercoppa Primavera : 2013

Terma jamoa

A Seriya : 2014-15, 2016-17 Italiya kubogi : 2014-15, 2016-17

Individual

Al Kass International Cup U-17 turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2012-yil yanvar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari