„Vosmiklassnitsa“ (, yaʼni „Sakkizinchi sinf oʻquvchisi“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1982-yil eʼlon qilingan „45“ nomli ilk studiyaviy albomiga sakkizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Taronani guruh solisti Viktor Soy „Akvarium“ guruhi bilan hamkorlikda yozgan.
„Vosmiklassnitsa“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri boʻlib, „Nashe radio“ rus radiokanali tuzgan „XX asr rus rokining eng sara 100 qoʻshigʻi“ () roʻyxatiga kiritilgan.
„Kino“ guruhining ilk aʼzolaridan biri Aleksey Ribinning eslashicha, Soy qoʻshiqda hunar bilim yurtida tanishgan qizi haqida kuylagan. Soy hunar bilim yurtida tuzilgan kichik rok guruhning aʼzosi boʻlgan. Guruhning muxlislari paydo boʻlgan va Soy ularning biri bilan yaqindan tanishib, u bilan koʻp vaqt oʻtkaza boshlagan. Bu haqda Ribin shunday yozgan:
Qoʻshiqni ilk yozib olish davomida xatolikka yoʻl qoʻyilgan: apparaturada 38.1 sm/s tezlik oʻrniga 9.53 sm/s tezlik yoqilgan, natijada trek nuqsonli chiqqan. Bu esa kelajakda qoʻshiqni gramplastinkada chiqarishda muammolarni keltirib chiqargan. „45“ albomni yozib olish jarayoni bir yarim oyga choʻzilgan. Jami 14 kompozitsiya yozilgan, ularning 13 tasi albomga kiritilgan.
„Mumiy Troll“ guruhi Soy xotirasiga bagʻishlangan „KINOprobi“ (2000) albomi uchun „Vosmiklassnitsa“ qoʻshigʻini kaver qilgan. Shuningdek, „Kino“ guruhining ilk gitarachisi Ribin „Den rojdeniya Viktora Tsoya“ (2002) nomli bagʻishlov albomi uchun qoʻshiq kaverini yozgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Kino qoʻshiqlari Turkum:1982-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar