Tereza Brisson (; 1966-yil 5-oktabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq xokkeychi. Brisson 1993-yildan 2005-yilgacha Kanada milliy ayollar xokkey jamoasida oʻynagan. 2002-yilda Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada jamoasining oltin medalni qoʻlga kiritgan ikkita eng keksa aʼzosidan biri edi. Kanada safida 1994, 1997, 1999, 2000 va 2001-yillarda jahon chempionatida ishtirok etganCanadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002.. 1998-yilda Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan

Faoliyati Brisson Québec provinsiyasidagi liganing Régionale du Hockey au Féminin jamoasida Ferland Quatre Glaces (avval Brossard, keyin esa Repentigny)da kurashganOn the Edge: Women Making Hockey History, p.132, by Elizabeth Etue and Megan K. Williams, Second Story Press, Toronto, Ontario, 1996, . Monrealdagi Konkordiya universitetida kinesiologiya boʻyicha oʻqigan, 1988 va 1989-yillarda yilning eng yaxshi sportchisi deb topilganCanadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002. va 1997-yilda Konkordiya universitetining sport shon-shuhrat zaliga kiritilgan. 1994-yilda Brisson Kanada terma jamoasida Jahon chempionatida debyut qildi va Manon Rhéaume, Cassie Campbell-Pascall, Geraldine Heaney va France St-Louis kabi kuchlilar bilan birga oʻynadi. Turnirda All-Star himoyachisi nomini oldi. Brisson 1999, 2000 va 2001-yillarda jahon chempionatida Kanada terma jamoasi sardori boʻlgan. Brisson New Brunswick jamoasini 1998-yilda Esso ayollar xokkey milliy terma jamoasida himoya qilgan. U bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Saskatchewan jamoasini magʻlub etib va beshinchi oʻrinni egallashdi.

2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Brisson barcha kanadalik himoyachilarda turnirda gol urish boʻyicha ustunlik qilgan. Brisson Kanadaga ayollar olimpiya xokkeyida birinchi oltin medalini qoʻlga kiritish yoʻlidada ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdiCanadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002..

Brisson, shuningdek, Milliy ayollar xokkey ligasida professional ayollar xokkey jamoasi boʻlgan Montreal Axionda bir necha mavsum oʻynadi.

Shaxsiy hayoti Olimpiadadan soʻng Torontodagi York universitetida magistrlik darajasini oldi. Brisson New Brunswick universitetida kinesiologiya boʻyicha sobiq professor edi. 2010-yildan boshlab Brisson Procter & Gamble Kanada kompaniyasining marketing boʻyicha menejeri boʻldi. Shuningdek, Kanada Olimpiya qoʻmitasining boshqaruv aʼzosi.

Mukofot va unvonlari

1988-yil Konkordiya universitetida yilning eng yaxshi ayol sportchisi (Sally Kemp mukofoti) 1989-yil Konkordiya universitetida yilning eng yaxshi ayol sportchisi (Sally Kemp mukofoti) Eng yaxshi himoyachi, 1998-yil Esso Nationals

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar