Nuri Şahin (; 1988-yil 5-sentabr) – Germaniyada tugʻilgan turkiyalik futbolchi, Borussiya Dortmund va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi. Faoliyati

Klublardagi Shahin 1994-yildan 2001-yilgacha „Maynertsxagen“ oʻsmirlari jamoasida oʻynab kelgan . 2001-yildan boshlab, Dortmudning Borussiya klubi safiga qoʻshildi. 2005-yili 17 yoshgacha Turkiya yoshlar terma jamoasida Perudagi jahon chempionatida qatnashdi. Turkiya mazkur musobaqada 4-oʻrinni egalladi, Nuri 4 ta gol urishga erishdi. Natijada unga Arsenal, Chelsi, Manchester Yunaytedlardek klublar qiziqish bildirishdi.

2005-yilda Shahin professional bosqichda debyut qildi. 2005-yil 23-iyul kuni Inretoto kubogida chexlarning Sigma klubiga qarshi oʻyinning 67-daqiqasida Mark-Andre Krushkaning oʻrniga tushdi. Germaniya chempionatida esa shu yilning 6-avgustida Volfsburgga qarshi mehmondagi oʻyinda oʻtkazdi. Oʻsha vaqtda u 16 yoshda edi va Bundesligada debyut qilgan eng yosh oʻyinchi boʻldi.

2005-yil 25-noyabrda Nyurenburgga qarshi oʻyinda gol urib, Bundesliga tarixidagi eng yosh gol urgan oʻyinchi boʻldi. 2007-yil 5-iyulda u bir yilga Gollandiyaning Feyenord jamoasiga ijaraga berildi. U Feyenordda Niderlandiya kubogini qoʻlga kiritdi. U yana Borussiyaga qaytib, bir necha mavsumdan soʻng, yaʼni 2010/11 mavsumida chiroyli oʻyini va jamoaga bergan yordami beqiyosligini tan olinib, bundesligada mavsumning eng yaxshi oʻyinchi deb tan olindi.

Real Madrid 2011-yilning 9-mayida Borussiyaning yarim himoyachisi Nuri Shahin "Real Madrid" safiga oʻtayotganligini eʼlon qildi. Maxsus chaqirilgan press-konferensiyada 22 yoshli futbolchi bu qaroriga izoh berib oʻtdi: "„Real“ – dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Mening faoliyatim uchun bu yaxshigina yuksalishdir. „Yoʻq“ deyishni hech ham iloji yoʻq edi. Men „Borussiya“ni faqatgina shunaqangi koʻplab eng yuksak sovrinlarga kurash olib boradigan jamoa safida oʻynash uchun tark etishim mumkin edi. Lekin bu qarorga kelish oson boʻlmadi. Bu baribir meni biroz ranjitdi. Men buni jamoam bilan birga qabul qildim. Toʻgʻri tushuning: men murabbiyimizni juda qadrlayman, menga shahar ham jamoam ham yoqadi. Lekin qaytaraman, „Real“ dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Mening faoliyatim uchun bu yaxshigina yuksalishdir.", – AS Shahinni soʻzlarini keltiradi . Turkiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 6,5 yilga, yillik maoshi esa 2,5 mln. yevro miqdorida boʻladi . Kelishuv summasi 10-12 mln. yevroni tashkil qilgan.

Liverpul

2012-yil 25-avgust kuni Real Madrid Shahinni bir yillik ijara kelishuvi asosida Angliyaning „Liverpul“ jamoasiga berdi. Nuri Premyer liganing 3-turida Arsenalga qarshi maydonga tushib oʻz debyutini oʻtkazdi. Ammo oʻyinda oʻzini koʻrsata olmadi va oʻyin davomida almashtirildi. Yevrokuboklardagi debyutini Yevropa Ligasidagi guruh bosqichida shveysariyaning „Yang Boyz“ jamoasi bilan oʻtgan uchrashuvda oʻtkazdi va mazkur oʻyinda bitta golga assistentlik qildi. Angliya ligasi Kubogi musobaqasi doirasida „Vest Bromvich“ga qarshi kechgan uchrashuvda Nuri dublni qaydi etdi.

Borussia Dortmund 2013-yil 11-yanvarda Liverpulni tark etib, dortmundning Borussia jamoasi tarkibiga ijara asosida oʻtdi. Ijara muddati ikki yilga moʻljallangan.

Terma jamoada

Turkiya terma jamoasida 2005 yil 8 oktabrda Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻz debyutini nishonladi. U 85 daqiqada oʻyinga tushdi va 87 daqiqada Oliver Kanning darvozasiga gol urib, terma jamoasining 2:1 hisobida yutishiga sababchi boʻldi.

Erishgan natijalari

Germaniya chempioni: 2010/11 Niderland kubogi sohibi: 2007/08 Germaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi : 2010/2011 Ispaniya chempioni: 2011/12

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayt weltfussball.de saytidagi sahifasi transfermarkt.de saytidagi sahifasi footballdatabase.com saytidagi sahifasi

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:5-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund II futbolchilari Turkum:Feyenoord futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen futbolchilari Turkum:Antalyaspor futbolchilari Turkum:Turkiyalik futbol murabbiylar Turkum:Germaniyalik futbol murabbiylar Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Germaniyada tugʻilganlar