Artemis Dafni (shuningdek, Artemis Daphnis, ; 1983-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — yunon-amerikalik sobiq suzuvchi, oʻrta masofaga erkin va individual aralash musobaqalarda ishtirok etishga ixtisoslashgan. U 16 yoshida Gretsiya nomidan 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida vakillik qilgan, shuningdek, Arizona universitetining Arizona Wildcats suzish va shoʻngʻin jamoasi tarkibida bir qancha musobaqalarda ishtirok etgan.

Sportdagi faoliyati Artemis Dafni oʻzining sportdagi debyutini 2000-yilda Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan FINA qisqa kursi boʻyicha jahon chempionatida amalga oshirdi, u yerda Dafni 400 m masofaga yakkalik suzishda oltinchi (4:42,49) va 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida (4:11,04) yettinchi oʻrinni egalladi.

Olti oy oʻtgach, 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Dafni 4:17,36 (400 m erkin usulda) soniya natijasiga erishdi va shu yilning oʻzida Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Janet Evans Invitational musobaqasida 4:50,50 (400 m individual aralash) soniya natijasi bilan FINA B standartlariga erishdi. U yana shu musobaqada ishtirok etib 400 m masofaga individual suzishda yigirmanchi (4:53.52) va 400 m masofaga erkin usulda suzishda yigirma ikkinchi (4:16.94, hayoti davomidagi eng yaxshi natijasi) oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Arizona Wildcat jamoasi tarkibida Kaliforniyaning Cupertino shahridagi Homestead oʻrta maktabi bitiruvchisi Dafni 2001-yildan 2003-yilgacha suzish va shoʻngʻin boʻyicha Arizona Wildcats jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etdi. Arizona universitetida oʻqish uchun sport stipendiyasini yutib oldi. Wildcats (yovvoyi mushuklar) jamoasi uchun suzish paytida u 2002-yilgi NCAA ayollar oʻrtasidagi suzish va shoʻngʻin chempionatida ikkala unvonni qoʻlga kiritish maqsadida 1000 yard erkin uslubda (9:57,58) va 400 yardli individual aralash uslubda (4:17,57) suzib yuqori pogʻonalarni zabt etdi.

Mutaxassislik 2002-yil oxirida Dafni Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahridagi San -Fransisko Davlat Universitetiga koʻchib oʻtdi, u yerda u radio, televidenie va marketingning biznes aspektlari boʻyicha mutaxassislik boʻyicha bakalavr darajasini oldi Bu esa uning sport karerasining tugashini koʻrsatdi. Hozirda u Analogix Semiconductor, Inc kompaniyasida marketing boʻyicha menejer sifatida ishlaydi.

Manbalar

Havolalar

Profile — American Digital Inc. Player Bio — Arizona Wildcats

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar