Chen Lei (1985-yil 16-oktyabrda Shanhaida tugʻilgan) — professional xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasida „Chongqing Lifan“ jamoasida oʻynaydi. Chen xalqaro maydonda Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati Chen Lei Shanhai Shenhua jamosida oʻzining birinchi professional debyutini 2006-yil aprel oyida 20 yoshida Shenzhen Kingway jamosiga qarshi oʻtkazgan. Mavsum oxiriga kelib u „Shanhai“ tarkibida toʻrtta oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan, biroq 2007-yilgi liga boshida Chen Ley „Changchun Yatay“ga ikki mavsumga ijaraga berilgan. Changchun Yatayda u koʻproq maydonga tushgan. Maydonda koʻproq harakat qilishi unga oʻzini kuchli tomonlarini koʻrsatishiga imkon berdi. Ular bilan birinchi mavsumida jamoaga birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan. U 2009-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi boshida Shanhai Shenhuaga qaytgan va u yerda asta-sekin asosiy jamoada himoyachi sifatida oʻynay boshlagan. Chen Ley ligada bor-yoʻgʻi oltita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, mavsum oxirigacha yana bir bor Shenzhen Asia Travel jamoasiga ijaraga berilgan. 2010-yilgi liga mavsumi boshida Chen Shanhaiga qaytgan. Chen 2014-yil yanvarida Xitoyning birinchi ligasining boshqa klubi „Chongsin Lifan“ jamoasiga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati Chen Lei Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yil 1-iyun kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. Oʻyinda Xitoyliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Chen LeiRong Xaoning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai Shenhua2006Xitoy Super Ligasi101010 -30200960 -40 -1002010240 - - -240Jami310105000370Changchun Yatai (Ijara)2007Xitoy Super Ligasi210 - - -2102008202 -31 -233Jami412003100443Shenzhen Ruby (Ijara)2009Xitoy Super Ligasi130 - - -130Shenzhen Ruby201122010 - -230Dalian Aerbin201213010 - -140201313050 - -180Jami260600000320Chongqing Lifan2014Xitoy Birinchi Ligasi29210 - -3022015Xitoy Super Ligasi24210 - -25220166010 - -70201726000 - -260201814010 - -150201923010 - -24020208010 - -90Jami13046000001364Jami263614081002857
Yutuqlar
Klub Changchun Yatayi
Xitoy Superligasi : 2007-yil
Chongqing Lifan
Xitoy Birinchi ligasi : 2014
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar