Oʻmirzaq Yestayevich Shoʻkeyev (; 12-mart 1964) — qozogʻistonlik davlat arbobi. Turkiston viloyatining (2019-2022 yillar) hokimi, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining sobiq oʻrinbosari, Qozogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, „Samruk Qazina“ AJ boshqaruvi raisi (2011—2017), Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (2009—2011), Ostona shahri hokimi (2004—2006), iqtisod fanlari nomzodi.
Hayoti 1964-yil 12-martda Turkiston shahrida tugʻilgan. Millati qozoq, dulat qabilasining siyqim urugʻidan. 1986-yil Moskva iqtisodiyot va statistika institutini tamomlagan, iqtisodchi-matematik.
Faoliyati 1986-1988 yillarda – Qozogʻiston SSR Davlat reja qoʻmitasi qoshidagi ASPU ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1988-1991 yillar – MESI aspiranti. 1991-1992 yillar – ADPU ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi. 1992-1993 yillar – Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy iqtisodiy kengash maslahatchisi. 1993-yil – Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi Moliya va mehnat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari. 1993-1995 yillarda – Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimining, maʼmuriyat boshligʻi oʻrinbosari. 1995-yil noyabr — 1997-yil mart Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri. 1997-yil mart oktabr oylarida — Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vaziri. 1997-yil iyul va oktyabr oylarida – Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (makroiqtisodiyot, sanoat, savdo, transport, energetika, fanning operativ faoliyati, MDH davlatlari bilan aloqalar masalalariga rahbarlik qildi). 1997-1998 yillar – „Turan-Alem“ YoAJ va „BTA Bank“ boshqaruvi raisi. 1998-yil – Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari. 1998-2004 yillar – Qoʻstanay viloyati hokimi. 2004-2006 yillar – Ostona shahrining hokimi. 2006-yil sentabr – Janubiy Qozogʻiston viloyatining hokimi. 2007-yil avgustda — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari. 2009-yil 3-mart – Davlat rahbarining farmoni bilan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Qozogʻiston Prezidentining 2011-yil 11-apreldagi farmoni bilan u yana Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2011-2017 yillar — „Samruk-Qazina“ AK boshqaruvi raisi boʻlib ishladi. 2017-yil 15-dekabr — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi. 2019-2022 yillar – Turkiston viloyatining hokimi boʻldi.Умирзак Шукеев назначен акимом Туркестанской области
Oilasi Turmush oʻrtogʻi – Muhamedjanova Zaure Sovetqaliqizi. Qizlari – Nurbala, Nurgul; Oʻgʻli – Nurasil.Қазақстан Республикасында кімнің кім екені - 2011 жыл. Екі томдық анықтамалық. Алматы, 2011 ІSВN 978-601-278-473-2
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar