Calvin Stengs (1998-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, 1-Liganing „Nice“ klubi va Gollandiya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
AZ akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlgan Stengs 2017—2018-yilgi mavsumda asosiy jamoaga qoʻshildi. U 2021-yilda Fransiyaning „Nice“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Xalqaro miqyosda Stengs Niderlandiya vakili boʻlib, 2019-yil noyabr oyida kattalar jamoasida debyut qilgan.
Klublardagi faoliyati
AZ Shimoliy Gollandiyaning Nieu-Vennep shahrida tugʻilgan Stengs 12 yoshida AZning yoshlar akademiyasiga qoʻshiladi. U ilgari mahalliy SV DIOS va HFC Haarlem jamoalarida oʻynagan edi. U 2016—2017-yilgi mavsumda uchinchi divizionda oʻynab, AZ zaxirasigacha koʻtarildi. Oʻsha mavsumda u 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning zaxiradan maydonga tushib koʻrsatgan kuchli oʻyinlarini jamoa bosh murabbiyi Jon van den Brom payqab qoldi va 2017-yil 5-mart kuni Stengs Erediviziyada „Excelsior“ga qarshi oʻz uyida boʻlib oʻtgan oʻyinda AZ safida professional debyut qildi.
Stengs 2017—2018-yilgi mavsum oldidan AZ asosiy jamoasiga qoʻshildi va u klubdagi ilk oʻyinini 12-avgust kuni PSV Eyndxovenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Uchrashuvning 7-daqiqasida u tizzasini jarohat olib maydonni tark etdi va jarohati tufayli u uchun mavsum ertaroq oʻz yakuniga yetdi.
Stengs 2018-yil noyabr oyida jarohatidan 15 oy oʻtgach asosiy jamoa safiga qaytdi. 2019-yilning 16-yanvarida u „Utrext“ ga qarshi oʻyinda (3:0) „AZ“ safidagi birinchi golini kiritdi. Stengs 2018—2019-yilgi mavsumni 21 oʻyindagi 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan yakunladi.
2019-yilning 25-iyulida Shvetsiyaning BK Hacken klubiga qarshi oʻz uyida b`olib oʻtgan oʻyinda Stengs Yevropa ligasidagi debyutini qildi. U Yevropadagi ilk golini Shvetsiyadagi javob oʻyinida kiritdi va AZ 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqada oldinga chiqib oldi.
Nice 2021-yil 14-iyul kuni 1-Liganing „Nice“ klubi Stengs bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yil 28-avgustda u klubdagi debyutini ligada „Bordo“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U 36-daqiqada jarohat olgan Jastin Klyuyvertning oʻrniga maydonga tushdi. 25-sentabr kuni u oʻzining birinchi golini „Sent-Etyen“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.
Xalqaro faoliyati Gollandiyada tugʻilgan Stengs asli surinamlik. Stengs Gollandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 2019-yilning 24-mart kuni AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. 2019-yil 19-noyabr kuni Stengs Gollandiya terma jamoasi safida Estoniyaga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida debyut qildi va 5:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarJong AZ2016-2017Tweede Divisie226———2262017-2018Eerste Divisie00———002018-2019Eerste Divisie20———20Jami246———246AZ2016-2017Eredivisie10100042622017-2018Eredivisie1000——102018-2019Eredivisie2134200—2552019-2020Eredivisie25530145—42102020-2021Eredivisie3071080—397Jami7815922254211324Nice2021-2022Ligue 124120——2612022-2023Ligue 10000000000Jami241200000261Faoliyatidagi jami126221122254216331
Manbalar
Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar