Piao Cheng () (1989-yil 21-avgustda tugʻilgan) — kelib chiqishi koreys millatiga boʻlgan xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Beyjing Guoan“ jamoasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati Piao Cheng professional futbolchilik faoliyatini ikkinchi divizion vakili Yanbian FC jamoasida boshlagan va 2007-yilda ularning asosiy jamoasiga kiritilgan. 2007-yil 18-avgustda Shanhai Stars jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) oʻzining professional faoliyatidagi birinchi golini urgan va bu gol jamoaga gʻalaba keltirgan. Keyin u oʻzini jamoada asosiy futbolchi sifatida koʻrsatgan va 2008-yilning iyul oyida Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqiruv olgan. Piao „Yanbian“ klubidagi faoliyati davomida grand klublar eʼtiborini oʻziga qaratgan va Pia uchun Xitoy Super ligasininng bir nechta jamoalari kurash boshlagan edi. Oxir oqibat Piao 2011-yilning 25-fevralida Xitoy Superligasi vakili „Beijing Guoan“ bilan 3 million yuan evaziga shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Piao 2008-yilgi Osiyo U-19 chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy U 19 terma jamoasidan chaqiruv olgan va musobaqadagai barcha oʻyinda maydonga tushgan. U Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ham chaqirilgan. Turnir davomida uchta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Xitoy 2008-yilning 8-noyabrida chorak finalda Oʻzbekistondan penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan. Piao Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 31-martida Tunisga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolYanbian FC2007Xitoy Birinchi Ligasi201 - - -2012008131 - - -1312009225 - - -2252010215 - - -215Jami76120000007612Beijing Guoan2011Xitoy Super Ligasi21020 - -23020122732052 -34520132803081 -39120141823070 -28220151822070 -272201619120 - -211201713010 - -140201827370 - -34320191821020102222020210010 -31202115000 - -15020226000 - -60Jami212142303031026617Karyerda jami288262303031034229

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2015 1 0 2016 0 0 2017 0 0 2018 4 0 Jami 5 0

Yutuqlar

Klub Beijing Guoan

Xitoy FA kubogi : 2018

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar