Park Ji-yeon (1993-yil 7-iyunda tugʻilgan), Jiyeon nomi bilan taniqli, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U 2009-yil iyul oyida „T-ara“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. Guruh barcha davrlarning eng koʻp albomi sotilgan qizlar guruhlaridan biriga aylangan. Guruh faoliyatidan tashqari, u „Soul“ (2009), „Master of Study“ (2010), „Dream High 2“ (2012), „Triangle“ (2014) kabi turli televideniye dramalarda rol oʻynagan. U 2014-yil 20-may kuni „Never Ever“ nomli birinchi mini-albomi bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan. Park Ji-yeon akkaxon chiqish qilgan ilk guruh aʼzosi boʻlgan.

Yoshligi va taʼlimi Park 1993-yil 7-iyun kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida koreys oilada tug‘ilgan. U qisqa vaqt Hyehwa qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va 2012-yilda Lila Art yuqori maktabini tamomlaganf(x) 루나·티아라 지연·원걸 혜림, 리라高 동반졸업. . U faoliyatiga eʼtibor qaratish uchun universitetga bormagan.

Faoliyati Park modellikks qiziqish bildirgan. 2008-yilda, 15 yoshida, u koreys bolalar guruhi „SHINee“ bilan „Smart“ kiyim kompaniyasi uchun bir nechta reklamalarda suratga tushgan. U Davichi va SeeYa bilan 2009-yil may oyida chiqarilgan „Womenʼs Generation“ raqamli singlda hamkorlik qilgan va uni „T-ara“ guruhining omma oldida namoyon boʻlgan birinchi aʼzosiga aylantirgan. U „SG Wannabe“ ning 2009-yilgi "Gift from SG Wannabe" albomidagi „I Love You“ va „Crybaby“ kliplarida paydo boʻlgan. Dastlab Koreya ommaviy axborot vositalari uni Kimga oʻxshashligi uchun „Kichik Kim Tae-hee“ deb atashgan.

2007-2010: Aktrisalik faoliyati 2007-yilda Park „Lobbyist“ filmida rol ijro etgan. 2008-yilda „Ae-ja va Min-ja“ filmlarida, 2009-yilda „Possessed“ filmida, 2009-2010-yillarda „High Kick“ filmida rol ijro etgan. 2010-yilda Park Yapon mangasi "Dragon Zakura"ning Koreyscha versiyasi „Master of Study“ filmida rol ijro etgan.

2010-yil oktyabr oyida Park "MBC" telekanalida „Music Core“, „Bae Suzy“, „Choi Min-ho“ va „Onew“ koʻrsatuvlarida boshlovchilik qilgan. U, shuningdek, "SBS" telekanalining "Heroes" estrada shousining aʼzosi boʻlgan.

2014-2017: Yakkaxon debyuti Park oʻzining yakkaxon debyutini 2014-yil may oyida oʻtkazdi, „Never Ever“ (shuningdek, „1 Minute 1 Second“ nomi bilan ham tanilgan) nomli trekni chiqargan. Musiqiy video Xitoyning YinYueTai eng yirik musiqiy video saytida ikki hafta ketma-ket birinchi oʻrinni egallagan.

2016-yilda Park Kang Dong-ho bilan birga „My Runway“ veb-dramasida rol oʻynagan. Drama 2016-yil dekabr oyida Netflix’da chiqarildi.

2017-yil fevral oyida Park uch yildan soʻng yangi albom bilan yakkaxon qaytishini eʼlon qilgan. Biroq, albom namoyish etilishi bekor qilingan.

2018-yildan hozirgi kungacha boʻlgan faoliyati 26-noyabr kuni Park dekabr o‘rtalarida muxlislar uchun minnatdorchilik sovg‘asi sifatida raqamli singlni chiqarishi maʼlum bo‘ldi. 2018-yil 22-dekabrda Park o‘zining „One Day“ qishki ballada trekining koreys va xitoycha versiyalari uchun kliplarni ommaga namoyish qildi.

2019-yil 2-aprelda Park "KBS2" ning sirli, romantik komediya dramasi „I Wanna Hear Your Song“ filmida Yeon Woo-jin, Kim Se-jeon va Song Jae-rim bilan birga rol ijro etgan.

2020-yil 7-oktabrda aktrisa Park „Next Door Witch J“ nomli yangi veb-dramasida suratga tushishi eʼlon qilingan. U goʻzallik yaratuvchisi sifatida Seo Je Yi rolini ijro etgan. Aktrisa 2021-yilning birinchi yarmida "KBS2" telekanalida namoyish etiladigan Jung Ji-so, Lee Jun-young, Chon Yun-ho bilan bir qatorda „Imitation“ nomli yana bir serialda suratga tushgan.

2021-yil 12-iyulda, shartnoma muddati tugaganidan keyin Park „Partners Park“ kompaniyasini tark etdi.

15-iyul kuni Jiyeon 12 yil avval kuylagan „Torre“ qoʻshigʻining 2022-yilgi versiyasini chiqarishi maʼlum boʻldi.

Shaxsiy hayoti 2022-yil 10-fevralda Park beysbolchi Hwang Jae-gyun bilan o‘sha yilning qishida turmush qurishini eʼlon qilgan.

Diskografiyasi

Mini-albomlari Sarlavha Albom tafsilotlari Eng yuqori pozitsiyalari Sotuv KOR TWN TWN Sharqiy Osiyo Never Ever Chiqarilgan: 2014-yil 20-may Leybl: KT Music Format: CD, raqamli yuklab olish 3 11 2 KOR: 15 639 Senpass Chiqarilgan: 2019-yil 26-dekabr Leybl: Kakao M Format: CD, raqamli yuklab olish — — yoʻq

Saundtreklar QoʻshiqYilPozitsiyalariGaonHotAlbomIzohlarKoreyscha"Womenʼs Generation"2009——Cinderella Man OSTSeeya va Davichi bilan"Forever Love"——"Rolling"20108—Master of Study OSTYakkaxon"Coffee Over Milk"74—Coffee House OSTHyomin bilan"Little By Little"——Jungle Fish 2 OSTYakkaxon"Little By Little" (accoustic Ver.)88—"Superstar"20121114Dream High Season 2 OSTHyolyn va Ailee bilan"Together"2225JB bilan"Day After Day"2231Yakkaxon"Kiss va Cry"2014——Triangle OSTCho Seung-hee (F-ve Dolls) va Shorry J (Mighty Mouth) bilan"The Path Leading To Home"2018——Queen of Mystery 2 OSTYakkaxon"One Blue Night"2019——I Wanna Hear Your Song OST"No Answer"2021——Imitation OST"My Old Story"——Lee Jun-young bilan"Closer"——Yakkaxon"Your Sign"——ImitationYaponcha"Dangerous Love"2013——Bunny Style!T-araʼs aʼzosi sifatida"My Sea"——

Filmografiyasi

Film YilNomishlab chiqaruvchi mamlakatRolIzohlarHavl.2004Spin KickJanubiy KoreyaAsosiy role2006Bar Legend2010Death Bell 2: Bloody CampLee Se-heeBosh rol2011Jungle Fish 2: The MovieSeo-yulGnomeo & JulietJulietGisaeng RyungKameo2015EncounterXitoy Bosh roleʼlon qilinadiThe Fire WomanJanubiy KoreyaLee Soo-yeoneʼlon qilinadiGangnamJanubiy KoreyaMin-jeong

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar